Mehnat estetikasi


Saqlash
21:07 / 28.07.2023 0 1991

Mehnat estetikasi – estetik kategoriya sifatida insonning ijtimoiy va individual ishlab chiqarish jarayonida go‘zallikka nisbatan munosabatini ifodalaydi. Inson mehnatining estetik xususiyatlari ilk bor Suqrot suhbatlarida, Aristotelning “Poetika”si, Vitruvining “Me’morchilik haqida o‘n kitob” asarlarida tadqiq etilgan. Yevropaning industrial taraqqiyot davriga xos mehnat estetikasi muammolari I.Kant tomonidan faliy tahlil etilgan. Shu bilan birga, mumtoz estetikada ishlab chiqarish estetikasi amaliyot bilan uzviy bog‘liq alohida yo‘nalish sifatida qaror topgan. Mehnat estetikasi jamiyat moddiy ne’matlarini ishlab chiqarish sharoitlari va uning natijalarini estetik o‘zlashtirish jarayonini anglatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish jarayonlarini estetik ta’minlash zaruratni vujudga keltirdi. Natijada mehnat estetikasida yangi tarmoq – dizayn (bezak san’ati) ajralib chiqdi. Mehnat estetikasi moddiy-badiiy madaniyatning konkret shakli, mehnatni nafosat qonunlari asosida tashkil etishdir. Mehnat estetikasi ishlab chiqarish jarayonlarida xodimlarning ish muhitini estetik bezash, mehnat mahsulotlarini badiiy jihozlash, go‘zallik tamoyillari asosida mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Mehnat estetikasi san’at nazariyasi bilan dialektik bog‘liq holda ishlab chiqarishning barcha sohalarida go‘zallik qonuniyatlarini qaror topishiga, estetik did va tuyg‘uni shakllantirishga xizmat qiladi. Mehnat estetikasi jamiyat ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida insonni har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishida zarur tarbiyaviy vosita hamdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233900
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//