Me’yor


Saqlash
20:07 / 28.07.2023 0 4028

Me’yor – ob’yektning sifat va miqdoriy jihatdan o‘zaro bog‘liqligini anglatadigan, mazmun va shakl, imkoniyat va voqelik o‘rtasidagi zaruriy uyg‘unlik ta’minlanishini ifodalaydigan falsafiy tushuncha. Me’yor tushunchasi dastlab Qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistondagi falsafiy qarashlarda o‘z ifodasini topgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlari (Ibn Sino, Beruniy va shu kabi) asarlarida ham me’yor tushunchasi tahlil etilgan. Ular o‘z asarlarida tabiiy va ma’naviy-ruhiy me’yorga oid fikr-mulohazalarni bildirganlar. Me’yor falsafiy kategoriya sifatida Gegel falsafasida atroflicha tahlil etilgan. Har qanday ob’yektning sifati muayyan miqdor (moddiy tizimlarning xususiyatlari, unsurlari, soni va hokazo) bilan uzviy bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ularning talablariga rioya qilish kundalik turmushimizda hamda bilish jarayonida ko‘zlangan maqsadga erishishimizga imkon beradi. Masalan, “Ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak”, degan qoidaga rioya etish tushunchaga beriladigan ta’rifning mantiqan to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlaydigan shartlardan biridir. Agar bu qoida talabi buzilsa, ta’rif haddan tashqari keng (masalan, “Fan – bilimlar tizimi”) yoki haddan tashqari tor (masalan, “Fan – g‘oyalarda ifoda etilgan bilimlar tizimi”) bo‘lib qoladi. Gapda ifodalangan me’yorlar hukmni (mulohazani) ifoda qilishi ham, qilmasligi ham mumkin.

 

Masalan, “Urushni targ‘ib qilish qat’iyan man qilinadi”, degan gap me’yoriy fikr, hukmni (mulohazani) ifoda etmaydi. “Saidov O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida mehnat qilish huquqiga ega”, degan fikr esa me’yor (me’yoriy qoida) haqidagi hukm (mulohaza) hisoblanadi; bunda me’yor “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mehnat qilish huquqiga ega”, degan fikrdan iborat; shuning uchun ham u mantiqiy qiymatga ega, ya’ni chin fikrni ifoda etadi. Demak, me’yor haqidagi hukmlar (me’yoriy hukmlar) boshqa hukmlar singari mantiqiy qiymatga ega, ya’ni to‘g‘ri yoki xato fikrni ifoda etadi. Me’yorlar ilmiy bilishda qoidalarni, uslublarni, huquqiy sohada – huquqiy-me’yoriy hujjatlarni (masalan, qonunlar, kodekslar, buyruqlar va shu kabilarni), axloq-odob me’yorlarini va boshqa sohalardagi normativ fikrlarni ifodalaydi. Ularning bilishdagi va amaliyotdagi ahamiyati ana shu bilan belgilanadi. Me’yor doirasida miqdor o‘zgarishlarining chegarasi mavjud. Ushbu chegaradan (miqdor o‘zgarishlari, unsurlarining katta-kichikligi, diskretligi, davriyligi, bog‘lanish tartibi, tuzilishi, harakati va hokazo) hatlab o‘tilganda, obyekt boshqa shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Me’yor obyektning sifat o‘zgarishlari, o‘z navbatida, miqdoriy o‘zgarishlarga olib keladi. Me’yor musiqada ritm, garmoniya, arxitekturada ansambl va hokazolar asosini tashkil etadi. Jamiyatda me’yor kategoriyasi muhim ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64912
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//