Bilasizmi?
Mahalla (arabcha joy, o‘rin, makon) – 1) shaharning ma’lum bir hududini o‘z ichiga olgan va aholisi bir jamoaga birlashgan, o‘zini-o‘zi boshqarishga asoslangan ijtimoiy-hududiy bo‘lagi;
2) ayni bir hududda yashovchilar, mahalla a’zolari;
3) mahalla kengashi va u o‘rnashgan bino, mahalla guzari.
Mahalla tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi bo‘lgan Sopollitepada 8 ta oila yashagan. Keyinchalik, ularning safiga pat riarxal tizim asosida 100 dan ortiq oilalar kelib qo‘shilgan. Katta oilalar jamoasini oqsoqollar boshqargan, ular esa o‘z navbatida, oqsoqollar kengashiga birlashgan. Demak, mahalla qadimda mahalliy hokimiyatning o‘ziga xos shakli, ko‘rinishi tarzida faoliyat ko‘rsatgan. Mahallalarda tarixan shakllangan milliy va ma’naviy qadriyatlarni har tomonlama o‘rganish, e’zozlash va izchil targ‘ib qilish imkoniyatlari kengdir. Shu bois, O‘zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan boshlaboq, mahalla institutiga katta ahamiyat berildi hamda 1992 yil 12 sentabrda respublika “Mahalla jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” Farmon va 1993 yil sentabr oyida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mahalla o‘z ahlining ma’naviy, ruhiy dunyosi, mafkuraviy ongi va tafakkuri, insonlarning o‘zaro aloqalari, oilaviy munosabatlarini shakllantiruvchi, qo‘ni-qo‘shnichilik, quda-andachilik kabi muammo va masalalarni hal etuvchi nodavlat tashkilotdir. U jamiyat hayotida tinchlik va osoyishtalikni, hamjihatlik va hamkorlikni saqlashda mehr-oqibatlilik, shafqat va muruvvat kabi usullar bilan har qanday mavjud muammolarning yechimini topa oladigan ijtimoiy hodisadir.
Mahalla avvalo, sog‘lom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli ta’sirga ega bo‘lgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori, o‘zaro munosabatlarini adolat va ma’naviy mezonlar asosida tartibga solib turadi. Mahallada keng jamoatchilik o‘rtasida ma’naviy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha’ni uchun kurash kabi fazilatlar kamol topishida mahallaning o‘rni beqiyos. Mahalla doirasida amalga oshiriladigan ta’lim va savodxonlik kurslarini tashkil etish, an’anaviy bayram va tadbirlar paytida muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, ayollar nufuzini oshirish, turli adolatsizliklarning oldini olish, OAV imkoniyatlaridan foydalanish, boshqa muassasalar bilan o‘zaro aloqani yaxshilash, hamkorlikda tadbirlar uyushtirish, turli avlod vakillari o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish orqali targ‘ibot o‘ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Ya’ni, bunda ham ta’sir vositalari sifatida ijtimoiy reklama, turli kurslar tashkil etish, oilalarga psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, otalar nasihatlari asosida yoshlarni tarbiyalash ishida keng foydalanish, OAV orqali berilayotgan ma’lumotlarning psixolingvistik tahlilini amalga oshirish, ijtimoiy fikrning mahallalar bo‘yicha monitoringini olib borish muhim ahamiyatga ega. Shunda mahalla fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashning chinakam ta’sirchan o‘chog‘iga aylanadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q