Maqsad


Saqlash
20:07 / 26.07.2023 0 803

Maqsad – inson amaliy faoliyatining avvaldan o‘ylab tayyorlangan rejasi va natijasi. Maqsad insonlar ma’naviyatida eng muhim o‘rin tutuvchi aqliy-tafakkuriy hodisa bo‘lib, uni kelajakning loyihasi, deb ta’riflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari bo‘lsa, maqsad faoliyat yo‘nalishini belgilovchi omildir. Maqsadning shakllanishiga subyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Maqsadning real va noreal, qisqa muddatli va uzoq muddatga mo‘ljallangan, asosiy va ikkinchi darajali va boshqa turlari bor. Real maqsadlar subyektning imkoniyatlari, atrof-muhitning holati, madaniyati va ma’naviyati va obyektiv qonuniyatlarini hisobga olsa, noreal maqsadlar faqatgina subyektning orzu-istaklarini ifodalaydi, atrofdagi vaziyatni hisobga olmaydi. Maqsadsizlik – bu mo‘ljalsiz, shunchaki besamar xatti-harakatdir. Maqsadsiz yashash – ma’nosiz, mohiyatsiz mavjudlikdir. Maqsadsizlik insonni orzu havasini, qayerga ketayotganini istiqbolda nimalar kutayotganiga befarqlikdir. Maqsadsiz odam bilan mo‘ljallangan manzilga borib bo‘lmaganidek, unday kishining xatti-harakatlari “bo‘ysunuvchan, tobelikdan”, loqaydlikdan yoki ma’nosiz “sarkashlik”dan iborat bo‘ladi. Maqsadsiz, g‘oyasiz, har qanday odam turli-tuman g‘oyaviy-mafkuraviy tajovuzlarga chalinuvchan bo‘ladi. Bunday kishilar ma’naviy qiyofasining cheklangani bilan ajralib turadi. Jamiyat hayotida juda ko‘p jinoyatlar hayotda aniq maqsadga ega bo‘lmaslik oqibatida sodir etiladi. Maqsadsizlik ko‘p hollarda o‘smirlik va balog‘at yoshidagi yoshlar orasida ko‘zga tashlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233901
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//