Ma’naviyatning individual shakllari


Saqlash
22:07 / 24.07.2023 0 1315

Ma’naviyatning individual shakllari – har bir insonning qadri, haq-huquqlari, erkinligi, burchi, mas’uliyati, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jarayonlardagi o‘rnini, uning jamiyat, atrof-muhit va boshqa kishilarga ta’siri, hayotdagi mavqei, axloqiy qiyofasi, qiziqishlari, talab va ehtiyojlari bilan bog‘liq ma’naviyat shakllarining shaxsiy (alohida, yakka) darajada namoyon bo‘lish xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha. Muayyan kishining ma’naviyatning individual shakllari qator ko‘rinishlarda va xilma-xil tarzda namoyon bo‘ladi. Bu avvalo, uning tabiatga, tashqi olamda ro‘y berayotgan jarayonlarga nisbatan munosabati, ushbu jarayonlardagi o‘rni va faoliyatida, turli irq, millat, ijtimoiy qatlamlarga mansub bo‘lgan, rang-barang maqsadlar va ma’naviyatga intiladigan kishilarga munosabatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’naviyatning individual shakllari har bir shaxsning o‘ziga, oila, turmush, jamoa va jamiyatdagi o‘rniga nisbatan munosabatida, jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish jarayoniga qo‘shayotgan hissasida ham ko‘zga tashlanadi. Shu bilan birga shaxsning siyosiy o‘zgarishlar, jamiyatni demokratiyalashtirishda qatnashishi, qanday ezgu maqsadlarni ko‘zlayotganligi bilan bog‘liq faoliyati ham muhim ahamiyatga ega.

 

Hozirgi davrdagi yuksak texnologiyalar, ishlab chiqarish va boshqarish vositalarining zamonaviy talablarga hozirjavobligi, bu boradagi shaxs malakasi, qobiliyati va ko‘nikmalarini takomillashtirishga intilishi ham ma’naviyatning individual shakllarining asosiy ko‘rsatkichlaridir. Insonga xos tabiiy barkamollik, jismonan sog‘lomlik, iqtisodiy talab va ehtiyojlarni axloqiy kamoloti va amaliy faoliyati bilan uyg‘unlashtira olishi, nafosati, bilimi, qobiliyati, iste’dodi, iqtidori va ulardan qanday maqsadlarda foydalanayotgani ham ma’naviyatning individual shakllarining darajasini belgilaydi.

 

Ma’naviyatning individual shakllari tizimida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

a) har bir insonning tabiiy-tarixiy qadriyatlari;

b) axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi;

v) mehnati va iqtisodiy madaniyati;

g) individual kamoloti va ijtimoiy mavqei;

d) qobiliyati va iste’dodi;

e) dini, e’tiqodi, his-tuyg‘ulari.

 

Inson ma’naviyatining tabiiy-tarixiy jihati uning biologik jonzot, tirik vujud sifatidagi yashashi, sihat-salomatligi, hayot kechirish davrlari, bolalik, o‘smirlik, yetuklik, qarilik onlari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Bunday tabiiylik har bir tirik vujud kabi odam zotining har qanday avlodi, qavmi, millat va elatiga tegishlidir. Insonning axloqiy qiyofasi, nafosati va go‘zalligi bilan bog‘liq ma’naviyat shakllari o‘zaro uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi, ular umuminsoniylikning shaxs qiyofasi bilan bog‘liq individual darajasini ifodalaydi. Axloqiy qiyofa, nafosat va go‘zallik bilan bog‘liq shaxsiy ma’naviyatning har bir shakli, kishilarning jamiyatdagi biror tipini ajratib ko‘rsatish uchun asos bo‘lishi mumkin. Bu shakllar esa nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ular quyidagilarda ko‘rinadi: shaxs umri va hayotining ma’nosi, ya’ni yashashdan maqsad, xotira, meros, vorislik, orzu-umid, baxt-saodat va boshqalar; shaxsning atrof-muhit, vatan, davr, oila va turmushi, sevgi-muhabbati, ota-ona va farzandlari, turmush go‘zalligi va boshqalar bilan bog‘liq ma’naviyat shakllari; shaxsning erkinligi, ozodlik, tenglik, e’tiqod, axborot olish, mulkka egalik qilish, yashash, daxlsizligi bilan bog‘liq ma’naviyat; shaxsiy mas’uliyat, ya’ni ijtimoiy zaruriyatni anglashi, unga amal qilishi, tartib-intizomi, or-nomusi, burchi, vijdoni, qadr-qimmati va boshqalar; shaxsning nafosati, ma’naviy go‘zalligi, estetik tuyg‘usi, didi, madaniyati, o‘ziga, o‘zgalarga, tabiat va tashqi muhitga nisbatan munosabatiga aloqador ma’naviyat shakllari. Ma’naviyatning shaxsiy darajada namoyon bo‘lishi nisbiy xususiyatga ega bo‘lsa-da, ammo u alohida kishilar, ularning hayoti, faoliyati, jamiyatdagi mavqei va o‘rnini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 534
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233900
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56489
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50908
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38673
“Avesto”

//