Ma’naviy hayot


Saqlash
22:07 / 20.07.2023 0 4630

Ma’naviy hayot – shaxs, millat va jamiyatning ma’naviy munosabatlar, jarayonlar, aloqa va muloqotlari majmui, ijtimoiy hayotning muhim ko‘rinishini ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy hayotga bo‘lgan jiddiy e’tibor va uni o‘rganish faqat mamtimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingina boshlandi. Har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy tabiiy va ijtimoy omillar asos bo‘lib, ma’naviy hayot mezonlari, axloq-odob qoidalari insonlarga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Aniqrog‘i, ma’naviy hayot orqali inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini aniq tushunib yetadi, o‘z mehnatini farovonlik hamda taraqqiyot omiliga aylantirishga harakat qiladi. Madaniy taraqqiyotga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlardan biri – insonning to‘xtovsiz ravishda ma’naviy jihatdan yuksalib borishi bilan belgilanadi.

 

Ma’naviy hayot jamiyatda amal qiluvchi ijtimoiy me’yorlarga asoslanadi. Lekin bu me’yorlar o‘z-o‘zidan vujudga kelib rivojlanmaydi, balki shu jamiyat fuqarolari, faol shaxslar ishtirokida amalga oshadi. Demak, ma’naviy hayotning shakllanib borishi va yashovchanligi, avvalambor, shu jamiyat fuqarolari zimmasiga yuklatadigan asosiy mas’uliyatdir. Shaxsning ma’naviy yuksalishi va jamiyatning ma’naviy boyligini saqlash bir xil qiymatga ega holatlardir. Inson jamiyat oldidagi burchini to‘laqonli ravishda ijro etib borar ekan, shu bilan birga ijtimoiy me’yorlarga rioya qilish mavjud an’analarning yashovchanligini ta’minlaydi, o‘z faoliyatiga ijodiy yondashuvi orqali esa qadriyatlarning zamon talabiga binoan yanada mukammallashishiga ko‘mak beradi. Ma’naviy yuksalish inson hayot mazmunining yanada boyishiga, uning shaxs sifatida yanada komillikka erishishiga asos bo‘ladi. Shaxsning ma’naviy dunyosi uning qadriyatlari tizimi, e’tiqodi va dunyoqarashining mazkur jamiyatda amal qiluvchi qadriyatlar va an’analarga qanchalik mos kelishi bilan belgilanadi. Qadriyatlarning bunday o‘zaro mutanosibligi ma’naviy hayotning yanada mukammallashib borishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shaxs ma’naviy hayotining yetakchi o‘ringa chiqishi, avvalambor, jamiyat va davlat boshqaruvini insonlar manfaatiga ko‘proq qaratishda, jamiyat ijtimoiy hayotining yangicha mazmun kasb etishida o‘z aksini topadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 354
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 315
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 652
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 380
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 568
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233197
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112891
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65860
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55526
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49876
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39189
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38403
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37344
“Avesto”

//