Ma’naviy qaramlik. Ma’naviylik va moddiylikning uyg‘unligi


Saqlash
21:07 / 20.07.2023 0 867

Ma’naviy qaramlik – inson va jamiyat ongu tafakkurining bo‘ysundirilishi, qaram etilishi, ma’naviy tamoyillarning zaiflashuvi, mustaqil rivojlanish imkoniyatlarining cheklangani, taraqqiyotdan ortda qolish, o‘zgalarning g‘oyaviy-mafkuraviy tazyiqi oqibatida sodir bo‘ladigan salbiy holat va jarayonni ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy qaramlik tushunchasini inson, shaxs, fuqaro, oila, millat, xalq va mamlakatga nisbatan qo‘llash mumkin. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad ustunlikka erishish, o‘zgalardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishdir. Ana shunday xatarli jarayonning yuzaga kelishi oqibatida shaxs o‘zligidan, fuqaro mustaqil fikr yuritish, o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi, haq-huquqlarini talab qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi natijasida, oila, millat, xalq va mamlakat barbod bo‘lishi mumkin.

 

Ma’naviy qaramlikning eng “nozik” jihati shundaki, u dunyoqarash va ruhiyat bilan bog‘liq jarayondir. O‘zga davlatlarga ma’naviy qaramlik holatiga tushib qolgan millat siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin ham uzoq vaqt davomida bu qaramlik asoratlaridan qutulishi murakkab kechadi. Bu vazifani amalga oshirish esa juda mashaqqatli bo‘lib, vaqt va katta fidoiylikni talab etadi. Zero, qaramlik – bu o‘zgalar xohish-irodasiga bo‘ysunish, ularning ko‘rsatmalari bilan hayot kechirish demakdir. Shu ma’noda, ma’naviy qaramlik o‘zgalarga ma’nan bo‘ysunish, itoat qilish, fikran va qalban mutelikka mubtalo bo‘lishdir. Shaxsning ma’naviy qaramligi botiniy salohiyat va iymon-e’tiqodning zaifligi, irodaning majruhligida namoyon bo‘ladi.

 

Millatning ma’naviy qaramligi esa uning o‘zligini namoyon etish tuyg‘usidan mahrum bo‘lishiga, oxir-oqibatda o‘zga millatlarga tobe bo‘lishiga olib keladi. Ma’naviy qaramlik millatni halokatga mahkum etadigan dahshatli omil hisoblanadi. Mustabid tuzum davrida xalqimizning qadr-qimmati, sha’ni va nomusi poymol etilgani, qo‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani, taqdirimiz jar yoqasida turganini aslo unutish mumkin emas. Bosqinchilar o‘zga mamtlar xalqlarini o‘ziga singdirib yuborish uchun o‘z mafkurasi va g‘oyalarini majburan joriy etish, madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, urf-odatlari va qadriyatlarini oyoqosti qilishni o‘z siyosatining asosiy maqsadi deb bilgan. Madaniyat va ma’naviyat, azaliy qadriyatlarga zarba berish xalqlarni jilovda ushlab turishning eng samarali vositasi ekanini istilochi va bosqinchilar yaxshi bilgan. Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifati yemirilgan xalqlar iymon-e’tiqodidan mahrum bo‘lib, olomonla shuv, siyosiy manqurtlik, beparvolik, loqaydlik kabi illatlar avj ola boshlaydi va oxir-oqibatda milliy g‘urur, iftixor, milliy qadriyatlar asta-sekin zaiflashadi. Ana shu omillar tufayli muayyan mamlakat va uning xalqini mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish oson kechadi. Masalan, Chingizxon o‘lkamizga bostirib kelganida o‘z sarkardalariga “Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo‘llab-quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtanglar, mahalliy xalqlarning aqlli, bilimli, obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar” deb farmon bergan ekan.

 

Tarix shunday guvohlik beradiki, hamma davr, hamma yerlarda istilochilar bosib olingan mamlakatlar hududlarida ana shunday siyosat yuritgan. Masalan, yurtimizni tobe etishga uringan bosqinchilar, xususann, chor bosqinchilari siyosati ham xalqimizni bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish, ruhan, ma’nan mayib-majruh qilish ko‘zlangan edi. Bu chuqur o‘ylab, uzoqni ko‘zlab va rejalashtirib qo‘yilgan mash’um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor hukumatining manfaatini har tomonlama himoya qilish, mustamlaka xalqlarni, jumladan, o‘zbek xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul mahrum qilib, o‘tmishini unutgan, vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, istiqbolini ko‘rolmaydigan avomga aylantirish muddaosi turgan. Tarix, ma’naviyat va ma’rifat xalqning o‘z o‘tmishini bilishi va istiqbolini tushunib yetishiga yordam beradi, Vatanni sevish va u bilan faxrlanishga da’vat etadi, dushmanlarga, bosqinchi va mustamlakachilarga qarshi murosasiz kurash olib borishga, erk va adolat uchun jasorat ko‘rsatishga undaydi. Tarixidan mahrum xalq milliy jihatdan o‘zini anglab ololmaydi, taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. Mustamlakachilar buni yaxshi anglaganlar. Zero, tarix – xalq ma’naviyatining asosidir. Xalqimiz o‘tmishda siyosiy, iqtisodiy jihatdan o‘zgalarga qaram bo‘ldi, ammo, qanchalik zo‘ravonlik qilinmasin, ma’naviy qaram bo‘lmadi. Xuddi mana shu omil millatimizning mustaqillikni qo‘lga kiritishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zining chuqur ma’naviy zaminlariga ega bo‘lgan millat ruhan, qalban sergak bo‘lishi va albatta, ma’naviy qaramlikdan o‘zini himoya qilishga qodir ekani tarixiy tajribada yana bir bor isbotlandi.

 

Ma’naviylik va moddiylikning uyg‘unligiinson va jamiyat hayoti va faoliyatida moddiy hamda ma’naviy asoslarning bir-biriga nisbatan mosligi, o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligini ifodalaydi. Bu borada Iqtisodiyot jamiyatning tanasi bo‘lsa, ma’naviyat uning jonidir degan tamoyil ayni hayot haqiqatini ifodalaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 152
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 403
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 152
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 957
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218773
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104501
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34257
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27333
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26613
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25253
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24920
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21800
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//