Bilasizmi?
Ma’naviy xavfsizlik – inson, xalq va jamiyat a’zolarini ma’naviy xurujlar, g‘oyaviy tahdidlardan himoyalanish tizimini ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy xavfsizlik milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida umummilliy manfaatlarning himoya qilinishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Ma’naviy xavfsizlik deganda, milliy manfaatlarni ta’minlash ehtiyoji bois vujudga keladigan va jamiyat a’zolari ma’naviy, g‘oyaviy-ruhiy hayotining barqarorligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan faoliyat va uzluksiz jarayon tushuniladi. Ma’naviy xavfsizlik ma’naviy qadriyatlar rivojini ta’minlash, ularni tashqi tahdidlardan himoya qilishga yo‘naltirilib, ma’naviyatdagi ruhiy, psixologik, axloqiy jihatlarning uyg‘unligini ta’minlaydi.
Ma’lumki, inson ma’naviyatiga qarshi qilingan tahdid qurolli xurujlarga nisbatan ko‘proq ta’sir kuchiga ega bo‘lib bormoqda. Shu bois, bunday tahdidlarning oldini olish uchun milliy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan har qanday mamlakatda jamiyat a’zolari manfaatlarini himoya qilishda ma’naviy xavfsizlik masalalari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribadan ma’lumki, muayyan mamlakatni zabt etmoqchi bo‘lgan istilochilar, avvalo xalqning ruhiyati, ma’naviyati va qadriyatlariga bolta urishga harakat qiladi. Milliy ma’naviyati va qadriyati parokanda etilgan millat va elatlar o‘zligini yo‘qotadi, hukmron mafkura ta’siriga tushib, uning manfaatlariga xizmat qilishga majbur bo‘ladi. Bugungi kunga kelib bir davlatni boshqa davlat tomonidan qurol yordamida bosib olish xavfi kamayib, global axborotlashuv ta’sirida ma’naviy omillar vositasida boshqa xalqlar ongi, qalbi va ruhiyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari beqiyos darajada oshdi.
Endilikda axborot tarqatish imkoniyatlari, turli xalqlar ma’naviyatiga kuchli ta’sir o‘tkazish, ma’naviy xavfsizligi zaif mamlakatlarni qaram qilish xavfining ko‘lami kengaymoqda. Shuning uchun jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xavfsizlik tizimining ma’naviyat bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlangandagina milliy xavfsizlikning yaxlit tizimini shakllantirish mumkin. Ma’naviy xavfsizlik barqarorligini ta’minlashda esa ma’naviy omil yetakchi o‘rin tutadi. Ma’naviy xavfsizlikka ichki va tashqi tahdidlar ta’sir etishi mumkin. Ichki tahdidga ma’naviyatimizni zaiflashtirishga intilgan sobiq totalitar tuzum asoratlari, xususan ayrim shaxslar ongidagi eskicha fikrlash andozalarini, zararli va yot ta’sirlarga berilgan ba’zi kishilarning g‘arazli tashviqotlari, o‘tish davri qiyinchiliklaridan foydalanib qolishga intilayotgan niyati buzuq kimsalarning yoshlarni yo‘ldan urishga harakat qilayotganlarini kiritish mumkin. Milliy, diniy qadriyatlarimiz, an’ana va mentalitetimizga hamda mamlakatdagi milliy birlik, fuqaroviy totuvlikka rahna solayotgan, aholi ongi va qalbiga salbiy ta’sir etuvchi narkotik moddalarning kirib kelishi “demokratiyani olg‘a siljitish” niqobi ostidagi sa’y-harakatlar tashqi tahdidlar sifatida ko‘zga tashlanmoqda.
Mamlakatimizga turli vositalar orqali mafkuraviy tahdidlar kuchayayotgan hozirgi murakkab davrda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aholi keng qatlamlari va yoshlar ongida Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bu esa, o‘z navbatida, aholi ma’naviy xavfsizligini ta’minlash, yoshlarda turli tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish imkonini beradi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q