Ma’naviy tubanlik


Saqlash
21:07 / 19.07.2023 0 871

Ma’naviy tubanlikshaxsning tarbiyasidagi nuqson va illatlarni, ma’naviy jihatdan tarbiyalanmaganini namoyon etuvchi salbiy xususiyatlar majmui. Ma’naviy tubanlik tushunchasi – insonlarning axloqiy fazilatiga qarama-qarshi, teskari bo‘lgan xususiyatlarni ifodalaydi, umuminsoniy xulq-atvor me’yorlaridan og‘ish natijasida kelib chiqadigan noxush jihatlarni bildiradi. O‘z manfaati, joni va tanining rohatini ko‘zlab, “o‘zim bo‘lay”chilik kayfiyati bilan oshkora va maxfiy ravishda yo‘l qo‘yiladigan g‘ayriinsoniy xatti-harakat, qiliq, badkirdorlik – harom-xarish ishlar, fahsh, nafsxo‘rlik, baxillik, qitmirlik, ta’magirlik va poraxo‘rlik, manmanlik va shuhratparastlik, xiyonat va olchoqlik – ma’naviy tubanlik illatlarining turli xil ko‘rinishlaridir. Eng yomoni, butun insoniyat nafrat bilan qaraydigan Vatanga xiyonat qilishdek badbin ish ham ma’naviy jihatdan tuban shaxslarga xosdir. O‘z qadrini bilmagan shaxs uchun, Vatani, xalqi, ona yurti va hayotning qadri bo‘lmaydi. Bunday nusxalar har qanday razillik, harom-xarish ishdan qaytmaydi. Azaldan muqaddas kitoblarimizda ham, xalqimiz orasida ham bunday insoniylikka mutlaqo zid bo‘lgan jirkanch odat va illat qattiq qoralab kelinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64912
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//