Ma’naviy ta’sir


Saqlash
21:07 / 19.07.2023 0 813

Ma’naviy ta’sirmuayyan kishi yoki millatning boshqasiga, bir yoki bir necha hodisalarning boshqalariga ta’sirining turli ko‘rinishlarini ifoda etuvchi tushuncha. Ma’naviy ta’sir keng ko‘lamli murakkab tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga ma’naviyatning ko‘plab turlari (axloq, huquq, nafosat va boshqa) orasidagi o‘zaro ta’sir masalalarini qamrab oladi.

 

Ma’naviy ta’sir tushunchasini ikki xil talqin etish mumkin: 1) har qanday inson, uning kamoloti ma’naviy ta’sir mahsulidir; 2) inson, xalqning o‘zi ham boshqalar uchun ma’naviy ta’sir manbaidir. Chunki har bir kishi o‘zidan oldin o‘tgan zamondoshlardan ta’sirlanadi. Bu ta’sir goh muayyan merosni qabul qilish orqali amalga oshsa, goh undan chekinish yoki inkor etish orqali yuz beradi. Shuning uchun ham ma’naviy ta’sir oddiy, doimo ham tezda namoyon bo‘ladigan, aniq ko‘rinib turuvchi hodisa emas, balki juda murakkab jarayon bo‘lib, turli odamlar, xalqlar, ma’naviy muhitlar orasida ham, biror millat hamda qardosh xalqlar doirasida ham o‘zaro ta’sir tarzida amal qiladi. Biroq ma’naviy ta’sirning yuqoridagi ko‘rinishlari asosida individual ta’sir yotadi. Masalan, shunday odamlar, allomalar, ijodkorlar bo‘ladiki, ular boshqalar uchun ma’naviy ta’sir manbaiga aylangan. Bunda biron-bir inson yoki davr bilan keyingisi o‘rtasida individual ta’sir yuz beradi.

 

Ma’naviy ta’sirning ma’lum bir xalq doirasidagi ko‘rinishiga biror-bir alloma yoki mutafakkir izidan borgan shu xalqning keyingi avlodi hayoti va ijodini ko‘rsatsa bo‘ladi. Masalan, Alisher Navoiyning o‘lmas an’analari ta’siri undan keyin yashagan Ogahiy, Munis, Muqimiy, Furqat, Zavqiy kabi shoirlar ijodida namoyon bo‘ldi. Keyinroq Cho‘lpon, Avloniy, H.Olimjon, Gʻ.Gʻulom, Oybek, M.Shayxzoda kabi ijodkorlar ham bu barhayot an’analarni davom ettirganlar va rivojlantirganlar. Ma’naviy ta’sirning yana bir boshqa ko‘rinishi shundan iboratki, unda biron-bir olim, yozuvchi yoki ijodkor mavjud an’anani bus-butun qabul qilib oladi, uni yangi sharoitda rivojlantiradi, o‘z davri talablariga moslaydi. Masalan, Alisher Navoiy o‘zidan oldin o‘tgan Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy an’analarini davom ettirib, o‘zining bebaho "Xamsa"sini yaratgan, xamsachilikning ma’naviy ta’sirini qayta tiklagan va o‘zidan keyingilarga meros sifatida qoldirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 592
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 535
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 872
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 568
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233902
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56493
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50909
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39213
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38675
“Avesto”

//