Ma’naviy poklik


Saqlash
21:07 / 18.07.2023 0 1318

Ma’naviy poklikinson ma’naviyatining go‘zalligi, boyligi, teranligi, pokizaligini taqozo etuvchi, ezgu ma’naviy fazilatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha. Ma’naviy poklik inson dunyoga kelganidan to so‘nggi nafasigacha ma’naviy jihatdan qanday yashab o‘tishi kerakligi bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar, tajribalar, tasavvurlardan tarkib topadi. Xalqimizming yillar mobaynida yuksak ma’naviyat va ezgu axloq shart-sharoitlari negizida tarbiyalanib kelgani bois, bizning bu boradagi tushuncha, tasavvur, bilim va tajribalarimiz pokiza turmush tarzini belgilab kelgan. Zero, ma’naviy poklik eng avvalo, ezgulik va ma’naviy poklikdan ta’lim beradi. Kundalik turmush tarzidagi oddiy tozalikka rioya etish (hovlijoy, yashaydigan, ovqatlanadigan, o‘tirib-turadigan xonalarimiz ozodaligi), har qanday yumushning mukammal ado qilinishigacha o‘tadigan vaqt mobaynida bizga poklik-pokizalik, ozodalik, saranjom-sarishtalik tushunchasi asos bo‘ladi. Shunday ekan, bizning tashqi ozodaligimiz o‘z-o‘zidan ichki (ma’naviy) ozodalikni, poklikni taqozo etadi. Binobarin, xalqimizning pok niyatli bo‘lishi, niyatni ezgulikdan boshlab to yakunigacha, (mukammal ado qilgunicha) pokizalikka rioya qilib kelganligi zamirida ham toza, pok hayot nafasi mavjudligi, har qanday ishda adolat, haqiqat, halollik, ishonch-e’tiqod kabi tushunchalarga tayanishi boshqalardan ham shuni talab qilishi bejiz emas. Ming afsuski, so‘nggi yuz-yuz ellik yillar mobaynida yurtimiz mustamlaka holatiga tushib qolgani, hayot tarzimizda sotsializm, kommunizm, dahriylik kabi buzg‘unchi g‘oyalar o‘rin olgani sababli, ma’naviyatimizdagi ming yillik tarbiyaviy omillarga ham darz ketdi. Xususan, pokizalik, halollik, ishonch-e’tiqod tuyg‘ulari o‘z o‘rnini o‘g‘rilik, harom-xarish ishlar, fahsh va razolat, o‘zaro ishonchsizlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik kabi g‘ayriinsoniy illatlarga bo‘shatib bera boshladi.

 

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘nggina xalqimiz, millatimiz o‘zligini anglash, ajdodlarimiz amal qilib kelgan ma’naviy pok, ozoda va go‘zal turmush sharoitlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarimizni qayta tiklash, xalqni – xalq, millatni – millat qiladigan insoniy fazilatlarga qaytish, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan asl urf-odatlar, fazilatlar, ezgu g‘oyalarga tayanib yashashimiz lozimligi hayotimizning asosiy tamoyiliga aylandi. Endilikda yoshlar tarbiyasi, ta’lim sohasi, turmush tarzimizda ezgulik va poklikka e’tibor kuchaydi. Darhaqiqat, mustaqil O‘zbekiston jahon hamjamiyatidan o‘z o‘rnini egallagan hozirgi davrda ma’naviy poklik bilan bog‘liq azaliy qadriyatlarimiz, millatimiz g‘ururi va sha’nini tiklash, xalqaro munosabatlarda mamlakat obro‘yini yanada baland ko‘tarish muhim ahamiyatga ega. Bunda xalqimiz mentalitetiga xos bo‘lgan ezgu qadriyat – ma’naviy poklik singari noyob fazilatlarga, – bag‘rikenglik, tenglik, tinch-totuvlik, birodarlik, halollik, to‘g‘rilik, pokizalik, adolatparvarlik va ishonch-e’tiqod kabi asl milliy xislatlarga suyanib ish tutish turmush tarzimizning bosh mezoniga aylanib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64912
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//