Ma’naviy­-ma’rifiy ishlar. Ma’naviy­-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi


Saqlash
21:07 / 18.07.2023 0 5025

Ma’naviy­-ma’rifiy ishlar – keng ommani ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, ularning umumiy ma’naviy saviyasini yuksaltirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishga ko‘mak beruvchi tadbirlar tizimini ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy­-ma’rifiy ishlar mazmuni, maqsad-muddaolari har bir zamon va makonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, g‘oyaviy, mafkuraviy xususiyatlariga chambarchas bog‘liq holda shakllanadi. Ma’naviy-­ma’rifiy ishlar tushunchasi keng ma’noda o‘quv muassasalari ta’lim-tarbiya maskanlari, klublar, axborot-resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lar faoliyatini qamrab oladi. Bunda muzey, kinoteatr, teatr va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalar, shuningdek, OAV (gazeta, jurnallar, Internet, radio, TV) muhim o‘rin tutadi.

 

Asrlar o‘tishi bilan ma’naviy­ma’rifiy ishlar muassasalarining keng tarmog‘ining tashkil etilishi, ularning o‘sishi va takomillashuvi bilan unga rahbarlik qilish jarayoni ham mukammallashib borgan. Inson dunyoqarashini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, g‘oyalar targ‘iboti, iqtisodiy bilimlarning ilmiy-texnikaviy targ‘ibot-tashviqoti, estetik va jismoniy tarbiya, badiiy havaskorlik, madaniy dam olishni tashkil etish, yosh iste’dodlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ma’naviy-­ma’rifiy ishlarining turli yo‘nalishlaridir. Ezgulik va mehr-oqibat, ulug‘vorlik va go‘zallik, vijdoniylik va mehr-shafqat, boshqalarga hurmat hamda tabiat bilan uyg‘unlikni saqlash kabi ma’naviy xislatlar har bir kishiga asta-sekin, tadrijiy ravishda ma’naviy­-ma’rifiy ishlar orqali singdirib boriladi. Ma’naviy­-ma’rifiy ishlar jarayonida o‘quv va klub muassasalarida an’anaviy shakllar (suhbat, muloqot, ma’ruza, spektakl, konsertlar, she’rxonlik) bilan birga mavzuli kechalar, kitobxonlar konferensiyalari va boshqa tadbirlar uyushtiriladi. Ma’naviy­-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mutaxassislar universitetlar, pedagogika va madaniyat institutlari, madaniyat va san’at kollejlarida tayyorlanadi.

 

Sobiq ittifoq davrida ma’naviy-ma’rifiy ishlar totalitar-mafkuraviy faoliyatning mustaqil sohasi sifatida shakllangan bo‘lsada, ma’naviyat-ma’rifat masalalariga noto‘g‘ri munosabat yuritilgan, unga sarflanadigan mablag‘ doimo boshqa sohalardan kam bo‘lgan. Insonning to‘laqonli hayoti uchun zarur bo‘lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa ma’naviyat o‘choqlarini ko‘paytirish, ular sharoitini yaxshilash masalasiga jiddiy e’tibor berilmagan. Keyingi yillarda milliy g‘oyani shakllantirish, an’analarni qadrlash, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni tiklash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Ma’naviyat va ma’rifat sohalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar va shifokorlar, olimlar va ziyolilar, madaniy oqartuv muassasalari va boshqa sohalardagi mutaxassislarning ijodiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Hozirgi zamon, hayot talabiga binoan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi, davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Bunda ta’lim tizimi, muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari ommaviy muassasalar sifatida millionlab aholiga ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko‘rsatmoqdalar. Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida uning bag‘rida sayqallanib kelayotgan ibratli an’ana va qadriyatlarni targ‘ib-tashviq etish borasida ko‘plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu mavzuda ilmiy-ommabop, publitsistik asarlar, hujjatli filmlar va teleko‘rsatuvlar yaratilib, turli ko‘rgazmalar tashkil qilinmoqda. Bu sohadagi ma’naviy-­ma’rifiy ishlarning yo‘nalishi har bir kishi ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon-e’tiqodni tarbiyalashga, ma’naviyatning milliy-etnik asoslari va zamonaviylikni uyg‘unlashtirishga qaratilgan.

 

Ma’naviy­-ma’rifiy tadbirlar samaradorligi – joylarda amalga oshirilayotgan ma’naviy-­ma’rifiy tadbirlar samaradorligi va tarbiyaviy ishlardan kutilgan natijaga erishilganini ifodalaydigan tushuncha. Shu soha xodimlarining faoliyati va tarbiyaviy salohiyatidan unumli foydalanish darajasining ko‘rsatkichi. Bu maqsadga erishish uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ta’lim jarayoni bilan uyg‘unlashtirish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy­-ma’rifiy tadbirlar samaradorligiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning harakat qilish mexanizmlari va xususiyatlarini aniqlash, ulardan unumli foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy-­ma’rifiy tadbirlar samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun ularni tayyorlash va o‘tkazish jarayonida yoshlarda tarbiya va o‘zini o‘zi tarbiyalash hissini shakllantirish va rivojlantirish tashkilotchining diqqat markazida bo‘lishi lozim. Ta’lim tizimidagi ma’ruza, amaliy mashg‘ulotni ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan uyg‘unlashtirish, bir tomondan, ta’lim samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan, ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlash hamda o‘tkazishga yoshlarni keng jalb qilish ularda tuyg‘udoshlik hissini uyg‘otadi va bu holat o‘tkazilgan tadbirning tarbiyaviy samaradorligini yanada oshiradi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan ma’naviy-axloqiy tarbiyada samarali foydalanishning muhim sharti shuki, bunda har bir kishining xususiyatlari, muayyan voqea-hodisaga nisbatan fikri qay darajada shakllanganini hisobga olish lozim.

 

Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni rejalashtirish, tashkil qilish, tayyorlash va o‘tkazishga talaba-yoshlarni keng jalb qilish, ayniqsa, mavzu tanlash, reja tuzish, ssenariy tayyorlash, tadbir o‘tkaziladigan xonalarni jihozlash kabi yumushlarni talabalarning o‘zlariga topshirish lozim. Ma’naviy-­ma’rifiy tadbirlar samaradorligining oshishi o‘quv yurtlarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning reja va ssenariylari professor-o‘qituvchilar yoki o‘quv yurti xodimlari tomonidan tuzilgan taqdirda ularni talabalar muhokamasidan o‘tkazish va muhokama jarayonida bildirilgan fikrlarning inobatga olinishga ham bog‘liq ma’naviy­ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv yurtlarining ma’naviy-ma’rifiy muassasalar bilan hamkorligini mustahkamlashning ahamiyati katta. Bunday hamkorlik, bir tomondan, madaniy-ma’rifiy muassasalarni auditoriya, tomoshabin bilan ta’minlashga, ikkinchi tomondan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi. Qolaversa, ma’naviy-­ma’rifiy tadbirlar samaradorligi tadbirlarning mazmunan milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimiz, milliy g‘oya va madaniyatimiz, ma’naviy merosimiz bilan uyg‘un holda hamda zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar asosida tashkil etilishiga bog‘liq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 152
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 403
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 152
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 957
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218773
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104501
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34258
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27333
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26613
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25253
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24920
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21800
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//