Ma’naviy yo‘qotishlar


Saqlash
22:07 / 17.07.2023 0 799

Ma’naviy yo‘qotishlar – xalqning, millatning o‘z erki va huquqini qo‘ldan chiqarishi, tili, dini, e’tiqodi, urf-odatlari, milliy g‘ururidan mahrum bo‘lishi, milliy o‘zligini anglashga to‘s qinlik qilayotgan jarayonlar va xatti-harakatlar majmui. Ma’naviy yo‘qotishlar tufayli inson o‘zligidan ayriladi, kim va qanday shaxs, kimlarning avlodi ekanini unutadi, g‘ururini yo‘qotadi. Pirovard natijada ma’naviy yo‘qotishlar sababli millat o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘lidan adashadi, jamiyat o‘zining barqaror rivojlanish tamoyillarini yo‘qotib, tanazzulga yuz tutadi. Ma’naviy yo‘qotishlar shunday salbiy hodisaki, u tufayli tarixiy xotira zaiflashadi, milliy til va urf-odatlar kamsitiladi, milliy tafakkur o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Natijada muayyan davlat, millat hayotida ijtimoiy taraqqiyotdan chetda qolib ketadi. Ma’naviy yo‘qotishlar moddiy yo‘qotishdan farq qiladi, uni aniq raqamlarda o‘lchab bo‘lmaydi. Ammo uning oqibatlari ayanchli bo‘lishi muqarrardir. Bugun dunyoning ayrim mamlakatlarida aynan moddiy tamoyillar ustuvorligi (moddiy fetishizm iste’molchilik mayllarining kuchayishi), ma’naviyatga e’tiborsizlik ko‘plab ma’naviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda. Tarixda ma’naviy yo‘qotishlar bosqinchilik va urushlar oqibatida ko‘p bor sodir bo‘lgani ma’lum. Aksariyat hollarda bosqinchilar muayyan xalqni tobe etish, uning boyliklarini egallash uchun avvalo, ma’naviyatidan mahrum etishga intilgan. Ma’naviy olamidan ajralgan, qadriyat va urf-odatlaridan judo bo‘lgan millat asta-sekin o‘zligini, tarixiy-etnik birligini yo‘qotgan. Bu hol uning parchalanib ketishi, o‘z milliy davlatchilik an’analari, hatto tili, turmush tarzi va tafakkur uslubidan ajralib qolishiga sabab bo‘lgan. Turli ichki va tashqi xurujlar, millatning bo‘linishiga olib keladigan nizolar ham ma’naviy yo‘qotishlarga olib keladi. Bunday hollarda muayyan xalqni birlashtirib turadigan ma’naviyat tizimida buzilish ro‘y beradi, u asta-sekin yemirilib, millatni jipslashtiruvchi beqiyos kuch va omil sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi. Millatning o‘z mustaqilligidan judo bo‘lishi, milliy davlatini boy berishi ma’naviy yo‘qotishlarning eng ayanchli oqibatlarga olib keladigan shaklidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64913
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54811
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39018
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//