Ma’naviy illatlar


Saqlash
21:07 / 17.07.2023 0 1743

Ma’naviy illatlar – jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, huquqiy, madaniy me’yor va qoidalarga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy illatlar ma’naviy sog‘lomlikning aksi bo‘lib, ma’naviyatsizlik, ya’ni inson ijtimoiylashuvining zaiflashishi, ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oqibatida vujudga keladigan ma’naviy buzilish hodisasidir. Ma’naviy illatlar sirasiga yolg‘onchilik, adolatsizlik, hurmatsizlik, loqaydlik, befarqlik, dangasalik, byurokratizm, tuhmat, bo‘hton, hasad, xoinlik, o‘g‘irlik, ikkiyuzlamachilik, qat’iyatsizlik, vijdonsizlik, hayosizlik, uyatsizlik, orsizlik, nomussizlik va hokazo illatlarni kiritish mumkin. Ma’naviy illatlar jamiyat ma’naviyati kabi tarixiy taraqqiyot davomida shakllanadi, yangi-yangi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. XXI asrda Gʻarb mamlakatlarida giyohvandlik, bir jinsli nikoh, besoqolbozlik, lesbiyanlik (ya’ni ayolning ayol bilan turmush qurishi) va hokazo ma’naviy illatlar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Ma’naviy illatlar iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va ruhiy omillar, shart-sharoit ta’sirida vujudga keladi. Masalan, iqtisodiy sabablar tufayli o‘g‘irlik, yolg‘onchilik, haromxo‘rlik, poraxo‘rlik, tajovuzkorlik, haqoratgo‘ylik, laganbardorlik, qonunlarni mensimaslik, ularni o‘z manfaatiga bo‘ysundirishga urinish, o‘zgalar huquqlarini poymol qilish, fahshga berilish, zo‘ravonlik, manmanlik, talonchilik kabi ma’naviy illatlar paydo bo‘ldi.

 

Davlat va jamiyat boshqaruvidagi boshboshdoqlik ham aholi turli toifalari, shu jumladan, rahbar xodimlar faoliyati, qiyofasi va fe’l-atvorida ayrim ma’naviy illatlarning yuzaga chiqishi sabab bo‘lishi mumkin. Gʻarb jamiyatida yaqqol namoyon bo‘layotgan insonning iqtisodiy manfaatlari va iste’molchilik mayllarining ustuvorligi ma’naviy qadriyatlarning saqlanishi va kelgusi avlodlarga meros tarzida uzatilishiga to‘sqinlik qilib, ularning xulq-atvori va xattiharakatida ma’naviyatga zid illatlarning avj olishiga olib kelmoqda. Bu o‘z navbatida moddiy jihatdan taraqqiy etgan ayrim davlatlarni ma’naviy jihatdan tanazzulga yetaklamoqda. Tarixdan ma’lumki, buyuk imperiyalar nafaqat iqtisodiy yoki siyosiy, balki avvalo ma’naviy-axloqiy yemirilish oqibatida tanuzzulga uchragan va parchalanib ketgan. Ayniqsa, bugungi globallashuv sharoitida ma’naviy yemirilish, ma’naviy buzg‘unchilik jarayonlari g‘oyat xatarli tus olib, turli davlatlar va xalqlar ma’naviyatiga salbiy ta’sir etmoqda, azaliy urf-odat va an’analarning qadrsizlanishi va ommaviy madaniyatning yopirilib kirish xavfini tug‘dirmoqda. Shuning uchun bunday xavf-xatar va ma’naviy tahdidlarning asl maqsad-muddaolari, oqibatlarini teran anglash, bu borada hushyor va ogoh bo‘lish, zamon bilan hamnafas yashash, ayniqsa, yoshlarimiz qalbi va ongiga yuksak ma’naviy qadriyatlarni singdirish, ularni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish davr talabidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 592
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 535
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 872
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 568
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233902
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56493
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50909
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39213
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38675
“Avesto”

//