Bilasizmi?
Ma’naviy ideal – shaxs va jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi va harakatlantiruvchi, uni savob ishlar, bunyodkorlikka safarbar qiluvchi ezgu g‘oya, orzu-maqsad va ijobiy namunalar majmuini ifodalovchi tushuncha. “Ideal” tushunchasi fransuz “ideal”, lotincha “idealus” so‘zlaridan kelib chiqib, qiyofa, mezon, mukammallik ma’nolarini anglatadi. Ma’naviy ideal atama sifatida orzu-intilishlarning oliy maqsadini ifodalaydi. U ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim axloqiy kategoriya hisoblanadi. Bugungi jamiyatimiz rivoji ma’naviy idealni shakllantirish va uni jamiyat ma’naviy muhitining asosiy negizi sifatida qabul qilishni taqozo etmoqda. Chunki xalqning hayoti uning ma’yati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, jamiyat axloqining ildizi millat tarixi bilan uzviy aloqador hodisa. Inson yoshlikdan azaliy an’analar, urf-odatlar og‘ushida kamolga yetadi. Bu borada oila, mahalla va ta’lim-tarbiya dargohlaridagi ma’naviy muhitdagi uyg‘unlik va barqarorlik muhim o‘rin tutadi. Hech shubha yo‘qki, ma’naviy ideal orzusi ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon-qonimizga singib ketgan muqaddas tuyg‘udir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular aqliy yetuklik, ruhiy poklik, jismoniy baqquvatlik va albatta, axloqiy kamolotga juda katta e’tibor qaratib, bunday shaxslarni ideallar timsolida ko‘rganlar.
Olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, insoniyat o‘z axloqiy taraqqiyoti davomida uchta idealga intilib kelgan. Bular erkinlik, tenglik va qardoshlikdir. Haqiqatan ham, insonning ma’naviy taraqqiyotida erkinlik, tenglik va qardoshlik prinsiplari muhim o‘rin tutadi, ular idealning kategorial tushunchalari bo‘la oladi. Chunki, fikrda, axloqda va faoliyatda erkin bo‘lgan insongina o‘zligini anglab yetadi. O‘zligini anglagan inson barcha kishilarning o‘zaro tengligini his eta oladi. Bu tenglik prinsipining qaror topishidir. Odamlarning bir-birlarini o‘zaro teng deb bilishlari ularning yagona maqsad sari birlashib, faol harakatga undaydi bu qardoshlik tamoyilining namoyon bo‘lishidir. Boshqacha aytganda, o‘zligini anglagan kishi boshqalar ham unga teng, qardosh ekanini idrok etadi va o‘zgalar hayotiga daxl qilish o‘ziga ham katta zarar keltirishini tushunadi. Demak, ma’naviy ideal ezgulik g‘oyasidan oziqlanadi. Bu g‘oya esa insonning o‘zligini anglab yetishiga turtki beruvchi asos sifatida ma’naviy idealning negizini tashkil etadi. O‘zlikni anglash bilan esa insonning mohiyati kashf qilinadi.
Hozirgi kunda ma’naviy idealning kategoriyalari aniq-tiniq belgilab olingan emas. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, ma’naviy idealning axloqiy kategoriyalari qatoriga ezgulik, e’tiqodlilik, erkinlik tushunchalarini kiritish mumkin. Ularning ziddi yovuzlik, e’tiqodsizlik va mutelikdir. Ma’naviy ideal jamiyatda sog‘lom axloqiy muhitni vujudga keltirish va kishilar dunyoqarashini boyitish tafakkurni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Istiqlol yillarida yurtimizda ma’naviy ideal ma’naviy va axloqiy tarbiyani kuchaytirish, tarixiy ildizlarimizga, milliy o‘zligimizga qaytish, ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan merosni asrab-avaylash, uni zamonaviy ilm-fan, madaniyat yutuqlari asosida boyitgan holda kelgusi avlodlarga yetkazib berish aholining siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish kabi ezgu maqsadlarimizni ro‘yobga chiqarishga xizmat qilib kelmoqda.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q