Ma’naviy burch


Saqlash
22:07 / 14.07.2023 0 1101

Ma’naviy burch – insonga xos bo‘lgan yuksak ma’naviy fazilat, uning axloqiy mayl-istaklarining his-tuyg‘ularda aks etishini ifodalovchi tushuncha. Ma’naviy burch shaxsni ba’zan huzur-halovatdan, turmush lazzatlaridan mahrum etishi mumkin bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonida inson tafakkuriga singdiriladi yoki oilaviy, milliy an’analar tarzida qabul qilinadi. Insonning ma’naviy burchi uning ma’naviyati, ruhiyati, tafakkuriga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, tarbiyasida muhim rolь o‘ynagan narsa, hodisa va shaxslarga nisbatan ma’naviy qarzdorlik tuyg‘usidir. Burch kishining jamiyat, davlat va boshqa odamlarga nisbatan munosabati, ular oldidagi majburiyatini ifodalaydi. Ma’naviy burch atamasi vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liqdir. Umuman, ma’naviy burch inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, har bir xatti-harakatida namoyon bo‘ladi. Ulug‘ mutafakkir Ibn Sino “Burch to‘g‘risida risola”sida burchni Tangri oldidagi qarzdorlik tuyg‘usini bajarish, ilohiy mas’uliyat deb talqin etadi. Ma’naviy burch nafaqat mas’uliyatni, balki har qanday ishga vijdonan yondashishni, e’tiqodda sobitlikni taqozo etadi. Buning uchun inson, avvalo, burchini chuqur his etishi, har bir xatti-harakatida ana shu mezonga tayanishi lozim. Ma’naviy burch tuyg‘usi xalqimizning bir necha ming yillik tarixi, buyuk ajdodlarimiz, ota-bobolarimizning amaliy tajribasi negizida shakllanib sayqal topib kelgan. Shu bois bu tuyg‘uni har bir vatandoshimiz ongi va qalbiga singdirish orqali mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan tub o‘zgarishlarga daxldorlik hissini shakllantirish, Vatanimizning taraqqiy etishi va gullab-yashnashiga erishish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 592
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 535
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 872
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 568
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233902
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56493
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50909
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39213
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38675
“Avesto”

//