Ma’naviy buzg‘unchilik


Saqlash
21:07 / 14.07.2023 0 1122

Ma’naviy buzg‘unchilik – umuminsoniy va milliy axloq, qadriyat, madaniyat, din va tarbiya asoslariga zid bo‘lgan, inson shaxsining tubanlashuvi, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy me’yorlarga rioya etmaslik, inkor etish yoxud ularning ildizlarini yemirishga qaratilgan yovuz xatti-harakatlarni anglatuvchi tushuncha. Ma’naviy buzg‘unchilik muayyan kuchlar, markazlar, shaxslar tomonidan o‘z manfaatlarini g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan ta’minlash, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, mamlakati va o‘zga davlat xalqi, ayniqsa, yoshlarini chalg‘itish, ularning ongiga g‘ayriinsoniy va g‘ayriaxloqiy g‘oya va qarashlarni singdirishga xizmat qiladigan usul va texnologiyalardir. Ma’lumki, XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida ko‘pgina Gʻarb mamlakatlarida ma’naviy buzg‘unchilik (palapartish jinsiy munosabatlar, giyohvandlik, nikohsiz oila, ommaviy behayo kliplar, axloqsizlik, kuch va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi filmlar va boshqa) jamiyat hayotining barcha jabhalarida yaqqol nimoyon bo‘ldi. Bu jarayonning chuqurlashuvi, dahshatli tus olayotgani Gʻarb olimlari, maxsus markaz hamda OAV tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab tadqiqot natijalarida aks ettirilgan. Masalan, bir guruh amerikalik olimlar amalga oshirgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, tartibsiz jinsiy hayot kechirayotgan o‘smirlarning 30 foizi baxtsizligi, umidsizligi, hayotdan qoniqmasligini tan olgan. Ularning ma’lum qismi jinsiy xastalikka uchragan, boshqalari esa chuqur ruhiy tushkunlik holatiga tushib qolgan. Shuningdek, tadqiqotda amerikalik o‘smirlar o‘rtasida jinsiy-axloqiy buzg‘unchilik, avtomashinalarni olib qochish, o‘g‘irlik, zo‘ravonlik, vandalizm kabi holatlar ko‘payib borayotgani aniqlangan. Amerikalik sotsiolog F.Fukuyama Gʻarb jamiyati duch kelayotgan jiddiy muammolarning sabablari haqida to‘xtalib, ular, avvalo, oila institutining inqirozga uchragani bilan bog‘liq, degan xulosaga keladi.

 

Fukuyama nazarida, “Oila – ijtimoiy kapitalning muhim manbai”, ya’ni aynan oilada fuqarolik axloqining asoslari yaratiladi, uning o‘rnini hech qanday qonunchilik aktlari bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. D.Vilkerson esa Gʻarb jamiyatida axloqiy buzuqlik avj olib borayotganiga sabab kabel televideniyasi orqali namoyish etilayotgan behayo sahnalar, gomoseksualizm, sadizm va mazoxizm kabi g‘ayriinsoniy illatlar keng targ‘ib etilayotgani deb ta’kidlaydi. Eng xatarlisi shundaki, Gʻarb mamlakatlari o‘z dunyoqarashi, andozalari va hayot tarzini turli-tuman vositalar, xususan, g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sir etish o‘zga millat va xalqlar turmushiga tiqishtirishga urinmoqda. Shu bois g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarga nisbatan sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash mamlakatimiz manfaatlari, milliy an’ana va qadriyatlarimizga yot g‘oya va qarashlarning maqsad-muddaolarini teran anglash, ayniqsa, yoshlarimizni bu kabi xavf-xatarlardan himoya qilish, ma’naviy tarbiya tizimini yanada takomillashtirish ma’naviy buzg‘unchilikga qarshi kurashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64913
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54811
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39018
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//