Ma’naviy boyliklar. Ma’naviy vorislik


Saqlash
22:07 / 13.07.2023 0 6932

Ma’naviy boyliklar – kishilik jamiyat taraqqiyoti jarayonida ko‘plab avlodlar tafakkuri va aql-zakovati bilan yaratilgan ma’naviy meros, ma’naviy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklarni ifoda etuvchi tushuncha. Masalan, qariyib uch ming yillik tarixga ega bebaho ma’naviy obida, “Avesto”, xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lgan “Alpomish” dostoni, eng aziz va moʻtabar bayram – Navro‘z ayyomi, ma’naviyatimizning ajralmas qismi muqaddas dinimiz, buyuk ajdodlarimiz Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Muhammad Muso Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy kabi jadid bobolarimizning ulkan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi, davlatchilik tajribasi bugungi kunda ham mamlakatimizning har tomonlama taraqqiyoti, yorug‘ istiqboliga xizmat qilib kelmoqda.

 

Ma’naviy vorislik – milliy-ma’naviy qadriyatlar, urf-odat, an’ana, g‘oyalar, tajriba, bilimlarning avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tishi, ma’naviyatning uzluksiz jarayon sifatidagi o‘zgaruvchanligi va avlodlar o‘rtasida ma’naviy rishtalarning uzviy bog‘liqligini ifoda etadigan tushuncha. Bu jarayon insoniyatning taraqqiyoti davomida to‘plangan ma’naviy boyliklarni yaxlit holda avlodlarga uzatish, kishilarning dunyoqarashi, madaniy saviyasi, bilimi va ma’naviyatning boyishiga xizmat qiladi. Turli sohalarda vorislik mexanizmi o‘ziga xos tarzda kechadi: san’atdagi mezonlar fandagidan, tabiiy fanlardagi holat gumanitar fanlardagidan farqlanadi. Vorislik (meros) mahalliy yoki umumdunyoviy shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Vorislikning mahalliy shaklida madaniyatning kasbiy, milliy, etnik va boshqa jihatlari ifodalansa, jamiki insoniyatning ma’naviy mulkiga aylangan ma’naviy boyliklarda ma’naviy vorislikning umuminsoniy shakli namoyon bo‘ladi. Masalan, qadimgi Misr ehromlari, yunon obidalari, Temur va temuriylar yodgorliklari kabi moddiy va ma’naviy meros namunalari butun bashariyatning ma’naviy boyligi hisoblanib, avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.

 

Ajdodlarimiz keyingi avlodlarga meros qoldirish uchun xalq og‘zaki ijodi, san’atning barcha usullaridan keng foydalanganlar. Texnika va texnologiyalarning taraqqiy etishi bilan ma’naviy vorislikning yangi samarali usullari: kino tasviri, magnit lenta yozuvi, rasmda muhrlash, kompyuter xotirasiga joylash va hokazo vujudga keldi. Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ma’naviy merosni vorisiylik an’analari asosida avloddan-avlodga uzatish imkoniyatlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy omillar bilan belgilangan. Masalan, sobiq sho‘rolar hukmronligi davrida turli xalqlar, xususan, xalqimiz ham haqiqiy tarixi, milliy va ma’naviy merosini o‘rganish, uning bebaho xazinasidan bahramand bo‘lish, bu ma’naviy boylikni avloddan-avlodga bezavol o‘tkazish, vorisiylik an’analari asosida avloddan-avlodga uzatish huquq va imkoniyatidan mahrum etilgan edi. Biroq har qanday og‘ir va murakkab sharoitda ham ajdodlarimiz o‘zligini, ma’naviy merosni yo‘qotmagan, ularni asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib berishga harakat qilgan, avlodlararo rishtalarning saqlanib qolishiga erishgan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, ma’naviyatimiz, ulug‘ ajdodlarimiz dahosi bilan yaratilgan bebaho moddiy va ma’naviy boyliklarni boyitish va keng targ‘ib etish masalasiga doimiy ahamiyat qaratib kelinmoqda. Bu, o‘z navbatida, vorisiylik an’analarining uzluksizligi va bardavomligini ta’minlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 265
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 277
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 265
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 312
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224694
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107673
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55012
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39916
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39732
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31049
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30503
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29898
Alpomish

//