Bilasizmi?
Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan mafkuraviy tajovuzlar turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan himoyalanganlik darajasini tavsiflovchi tushuncha. Mafkuraviy tolerantlikni ta’minlash deganda, jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, o‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek jarayonlar nazarda tutiladi. Mafkuraviy tolerantlikga tashqi va ichki omillar o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Bugungi kunda, turli xil mafkura markazlari va poligonlarining O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‘sqinlik qilish uchun g‘arazli niyatlariga erishishda mamlakatimiz fuqarolaridan “qurol” sifatida foydalanishga intilishlarida mafkuraviy tolerantlik uchun real tashqi tahdidlar mavjudligini ko‘ramiz. Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi terrorizm, diniy ekstremizm va mavjud siyosiy beqarorlik ham mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasida milliy xavfsizlikni ta’minlovchi ichki omil – jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy salohiyatidir. Bundan tashqari, mafkuraviy tolerantlik xalqimizning asriy an’analari, tili, dini, ma’naviyati va milliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma’rifiy muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi mafkuraviy tolerantlikni ta’minlashning zaruriy shartidir. Mamlakatimiz mafkuraviy tolerantlikgi ilmiy asoslangan ijtimoiy siyosatga, huquqiy madaniyatga, jamiyatning ma’naviy yetukligi va demokratiyalashuviga uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‘oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs mafkuraviy tolerantlikni ta’minlash – davlat siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mafkuraviy qurollar – fuqarolar ongiga singdirish omillari (ish vaqti, bo‘sh vaqt) va vositalari (fan, adabiyot, san’at matbuot, radio, TV, kino, muzey, targ‘ibot va tashviqot muassasalari va hokazo), uslublari (tushuntirish, ishontirish, majbur qilish) va usullari (alohida, jamoaviy, ommaviy) majmuasi. Mafkuraviy qurollar geosiyosiy maqsadlar, geosiyosatning ham ta’sirchan vositasi ekanligini unutmaslik darkor. Dunyoning mafkuraviy manzarasi tubdan o‘zgargan, jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashib borayotganbir paytda jahon hamjamiyati xalqaro munosabatlar sohasida demokratik, o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillarini qaror toptirish uchun kurashmoqda. Bunday sharoitda zo‘ravonlik qilish, harbiy kuch ishlatish va hatto iqtisodiy iskanjaga olish qat’iy qoralanishi aniq. Lekin o‘z g‘arazli maqsadlariga yetishni ko‘zlayotgan turli kuchlar geosiyosatning eng ta’sirchan vositasi sifatida mafkuraviy qurollardan keng foydalanmoqda, odamlar ongiga ta’sir o‘tkazishning tuban va makkor usullarini qo‘llamoqda. Shuning uchun ham mafkuraviy jarayonlarning har bir tashkilotchisi, har bir targ‘ibotchisi mafkuraviy qurollar yordamida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya mexanizmining mohiyati, mazmuni va shakllarini aniq-tiniq tasavvur qilishi lozim.
Mafkuraning funksiyalari – millatlar va davlatlar, turli ijtimoiy-siyosiy kuchlarning o‘z g‘oyaviy tizimlarini yaratish va targ‘ib qilishdan ko‘zlagan maqsad-muddaolari hamda o‘z mafkuralari orqali hal qilishi lozim bo‘lgan vazifalar majmui. Har qanday mafkura: a) muayyan g‘oyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; b) aholining turli guruhlarini birlashtirish; v) ko‘zlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; g) ularni ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish; d) aholini, ayniqsa, hayotga kirib kelayotgan yosh avlodni g‘oyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; e) boshqa mafkuraviy va g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishdek bir qator vazifalarni bajaradi. Yuksak g‘oyalarga asoslangan, manfaatlar va fikrlar xilma-xilligini e’tirof etadigan mafkuraviy tizimlar o‘z sohiblarini taraqqiyotga eltadi. Tor milliy yo sinfiy talab-ehtiyojlarni boshqa xalqlar yoki guruhlar hisobiga qondirishini niyat qilgan mafkuralar oxir-oqibat barbod bo‘ladi, o‘z tarafdorlarini tanazzul va halokatga duchor etadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q