Bilasizmi?
Mafkuraviy ta’sir – mafkuraviy jarayonning eng muhim strukturaviy komponentlaridan biridir. Mafkuraviy ta’sir ikki asosiy – to‘g‘ri, bevosita va o‘zaro aloqadorlikka asoslangan bilvosita shakllar yordamida amalga oshiriladi. Mafkuraviy ta’sir samaradorligi uning obyekti va sub’yektiga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, mafkuraviy ta’sir samaradorligi mafkuraviy ta’sir o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kishilarning (obyekt) ma’lumot darajasi, madaniy saviyasiga bog‘liq bo‘lsa, o‘z navbatida mafkuraviy ta’sir o‘tkazayotgan idoralar, tarbiyaviy muassasalar, targ‘ibot va tashviqotchilar (subyekt) amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlar mazmuni va shakliga, mafkura xodimlarining professional mahoratiga, ularning insoniy fazilatlari, xislatlariga bog‘liq bo‘ladi. Mafkuraviy ta’sir o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kishilarning ma’lumot darajasi, madaniy, axloqiy, xuquqiy, siyosiy saviyasi qancha baland bo‘lsa, mafkuraviy ta’sir samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. O‘z navbatida, mafkuraviy ta’sir samaradorligi uning obyekti bilan uning subyekti orasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmining mustahkamligiga bog‘liq. Bunday o‘zaro aloqadorlik mexanizmining mazmunida bir-biriga o‘rgatish, bir-biridan o‘rganish, bir-biriga ustoz, bir-biriga shogird tamoyili yotmog‘i darkor. Bunday holatda har bir kishi mafkuraviy ta’sir doirasiga tushadi va o‘sha ta’sir asosida faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Mafkuraviy tahdid – ijtimoiy-siyosiy harakat, oqim yoki siyosiy kuch o‘z manfaatini ifodalovchi mafkurasini qo‘rqituv, zo‘rlik yo‘li bilan boshqalarga tiqishtirish. Mafkuraviy tahdid jamiyat, davlat yoki xalq, millat yoki elat taqdiriga xavf solib turgan, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy xavf-xatarlar majmuasi. Dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar natijasida ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti ongli yashash tarzi jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin. O‘zbekiston ham bunday tahdidlardan chetda qolayotgani yo‘q. Mamlakatda insonparvar, demokratik jamiyat qurilayotgan hozirgi sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatiga siyosiy ekstremizm, diniy va fundamentalizm, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik, ekologik muammolar “ommaviy madaniyat” tajovuzi va hokazo. Mafkuraviy tahdid shaklida namoyon bo‘layotir. Ayniqsa, o‘rta asr xalifaligini qayta o‘rnatish g‘oyasi hamda xalqaro terrorchilik va diniy ekstremizm markazlari orqali moddiy-g‘oyaviy ta’minlanayotgan aqidaparastlar mafkurasi bugun mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlik uchun katta xavf bo‘lib turibdi.
Mafkuraviy tajovuz – muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tuzumni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘oyaviy-nazariy qarashlar va unga asoslangan amaliyot majmui. Mafkuraviy tajovuz yovuz kuchlar va har xil markazlar tomonidan biron bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turib bevosita amalga oshiriladigan g‘oyaviy buzg‘unchilikning bir shaklidir. Ular o‘z jirkanch maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklardan, shuningdek, zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladi. Bugungi kunda mafkuraviy tajovuz deganda, aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlar tushuniladi. Milliy g‘oya o‘zining mazmun-mohiyati bilan ana shu kabi mafkuraviy tajovuzlarga qarshi tura oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu borada barcha fuqarolarning ogohligi, faolligi, ezgu g‘oyalarga xizmat qilishga tayyorligi katta ahamiyat kasb etadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q