Mafkuraviy plyuralizm. Mafkuraviy poligon. Mafkuraviy profilaktika


Saqlash
22:07 / 12.07.2023 0 2885

Mafkuraviy plyuralizm (lotincha pluralis – xilma-xillik, rang-baranglik) – ijtimoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushuncha. Mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo‘lsa, taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini to‘ldirishiga xizmat qiladi. Mafkuraviy plyuralizm ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga, turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy guruhlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro‘yobga chiqishiga sharoit yaratadi. U muqarrar suratda ko‘ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Siyosiy partiyalar esa o‘zlari mansub bo‘lgan qatlamlar, siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda o‘z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi.

 

Mafkuraviy poligon – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning o‘ziga xos sinov maydoni. Odatda, poligon deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix o‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib borganini ko‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan Yer yuzining har qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo‘lgan uzoq takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan hududlar aholisini jismonan yo‘q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini jisman mahv etish shart emas. Zero, turli mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yo‘nalishga o‘zgartirilgan yerlik aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy aholisining ongi va qalbi yot va begona g‘oyalar sinab ko‘riladigan maydonga aylanganini bildiradi. Bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda muayyan guruhlar va davlatlar o‘zlarining g‘arazli manfaatlarini ifoda etayotgan turli tajovuzkor g‘oyalarni sinovdan o‘tkazmoqdalar. Ularning ortida kishilarni, eng avvalo, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan tobe qilish, pirovard natijada esa butkul qaram qilib olish maqsadi yotadi. Bu katta-katta hududlarni, ayniqsa boy tabiiy resurslarga ega bo‘lgan mintaqalarni egallab olishning eng qulay va kamxarj usulidir.

 

Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi mafkuraviy poligon g‘oyaviy bo‘shliqni bartaraf etish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning xilma-xil usul va yo‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‘llaniladi. Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora-tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa, ikkinchisida, doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi. Mafkuraviy immunityet tizimini shakllantirishda ma’naviy ta’lim-tarbiya tizimiga tayangan mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan, yot g‘oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlarga tayanadi. Ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‘lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z o‘rniga ega. Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni targ‘ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qo‘shiqlaru raqslar, turli ko‘rinish va mazmundagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 401
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218767
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104500
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34239
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27322
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26601
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25228
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24913
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//