Bilasizmi?
Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi – g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida Yer yuzining barcha mintaqalarida mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganini ifodalovchi tushuncha. Insoniyat tarixining hozirgi bosqichi ijtimoiy, siyosiy, iqtisoidiy, ma’naviy, madaniy hayotning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi va jadallashuvi bilan xarakterlanadi. Xususan, aloqa vositalarining rivojlanishi, ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, Internet, kosmik teleradio aloqa tizimlarining texniktexnologik vositalari kuchayib ketishi, axborot almashuv sababli g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki yo‘nalish, tendensiya namoyon bo‘lmoqda. Birinchidan, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalmilallashib, universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuv jarayoni kechmoqda. Ikkinchidan millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatlaridagi o‘ziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o‘z millatining kelajagiga xavf tug‘diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm va narkobiznes hodisalarida namoyon bo‘lmoqda. Biron bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Bu jarayonning eng muhim xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g‘oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganidir. Globallashuv hozirgi sharoitda mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuch va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotgani, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyulgan kichkina xabar ham ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi saviyasi past audio va videokassetalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ‘ib qiladigan “san’at asarlari”ning ham keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Gʻoyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovuzlarning oldini olish uchun har bir millat, davlat o‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishi zarur. Ana shunday tadbirlar izchil amalga oshirilganda mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi g‘oyaviy qarashlardagi muayyan farqlardan qat’i nazar, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik g‘oyalariga sodiqlikning kamol topishiga sharoit yaratadi, umuminsoniy sivilizatsiya taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi.
Mafkuraviy markazlar – muayyan g‘oyani ilgari suruvchi, targ‘ibot va tashviqotning turli usul, vositalari orqali odamlar ongi, ruhiyatiga ta’sir etuvchi kishilar uyushmasi, tashkilot yoki muassasalardir. O‘zining xarakteri, maqsadiga qarab ma’lum partiya, guruh, kishilar uyushmasi yoki davlat mafkuraviy markazlar yadrosini tashkil etishi mumkin. Mafkuraviy markazlar o‘z harakat dasturi, mafkurani targ‘ib qilish vositalari, usullariga ega bo‘lib, unda muayyan g‘oyaga ishontirish, uyushtirish, safarbar etish, ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish, g‘oyaviy tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni saqlash kabilar muhim o‘rin tutadi. Mafkuraviy markazlar o‘z faoliyatlarini yashirin va oshkora yo‘l bilan amalga oshiradilar. Jahon tajribasidan ma’lumki, ayrim mafkuraviy markazlar, masalan, fashizm o‘z maqsadlarini oshkora e’lon qilib, ularni zo‘ravonlik yo‘li bilan singdirgan. Mafkurani yashirin yo‘l bilan targ‘ib qilishda vayron qiluvchi g‘oya o‘zining soxta jozibasi, aldov va makr bilan omma ongini zaharlab, jamiyatda hukmron mavqeni egallab olishiga alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda ularga qarshi sog‘lom mafkurani targ‘ib qilishda ta’lim-tarbiya dargohlari, ilmiy, madaniy-ma’rifiy muassasalar, mahalla, oila, turli jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari faoliyati muhim o‘rin tutadi. Bu sohada fan va ilmiy muassasalarning ahamiyati katta bo‘lib, ular aholining ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda mafkuraviy tarbiyaning samarali yo‘llarini tadqiq etish, turli mafkuraviy tahdidlar xavfning oldini olishning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, jamoatchilik fikri, aholi turli qatlamlarining ruhiyati, intilishlari, qiziqishlari, qarashlarini turli sotsiologik tadqiqotlar, anketa-so‘rov usullari orqali o‘rganish va tahlil qilib borish ham turli zararli g‘oyalarni tarqatadigan mafkuraviy markazlarga qarshi kurashdagi muhim vositalardan biridir.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q