Mafkura. Mafkura evolyutsiyasi. Mafkura yakkahokimligi


Saqlash
22:07 / 11.07.2023 0 1657

Mafkura (arabcha fikrlar majmui) – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar hamda ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlar ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi. Insoniyat tarixida turli-tuman mafkuralar bo‘lgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning g‘oyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari, o‘zlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib, mafkuraviy ta’limot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Mafkura muayyan diniy, falsafiy ta’limot asosida yaratiladi, ma’lum ilmiy qarash va axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkuralar o‘z mohiyati va ta’sir kuchiga ko‘ra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga bo‘lib yuborishi, davlatning jahondagi obro‘ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka ko‘tarishi yoki tanazzulga duchor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor g‘oyalarga asoslangan mafkura ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga turtki bo‘ladi, ma’naviyatni yuksaltiradi, insonlarni ulug‘vor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik g‘oyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Vayronkor g‘oyalar asosida shakl langan mafkuralar esa jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘ladi, millat va xalqlarni asoratga soladi. Bunday mafkura o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, hukmron, mustabid, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik shakllarida namoyon bo‘ladi. Sobiq ittifoq davrida mafkuraga umuminsoniy qarash shakllanmagan, bunga yo‘l qo‘yilmagan edi. Unga to‘g‘ri va xolisona baho berish imkoni mustaqillik tufayli ochildi.

 

Mafkura evolyutsiyasi – muayyan maqsad va manfaatlarni ifoda etuvchi g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimining vujudga kelishi, rivojlanishi va intihoga yetishi jarayonini ifodalovchi tushuncha. Har qanday mafkura jamiyatda yangi paydo bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari va maqsad-muddaolarini ifoda etuvchi yangi g‘oyaviy tizim sifatida vujudga keladi. Mafkura evolyutsiyasi davrida millat yoki harakatning yetakchi kuchlari, siyosiy arboblari, mafkurachilari ijtimoiy ongda orzu-intilish va ruhiyatda his-tuyg‘ularni bir tizimga soladigan ta’limot va dasturlar yaratadilar. Gʻoyaviy tarbiya vositalari va faollari orqali bu g‘oyalar ongga va ruhiyatga singdiriladi. Bu g‘oyalar ko‘pchilik ongini egallagach, ularni harakatga keltirib, maqsad sari yetaklaydigan kuchga aylanadi. Mafkura, vaqti kelib, o‘z sohiblari tarix maydonidan tushsalar ham, mafkuraviy meros sifatida yangi davrda ham o‘z ta’sirini saqlab qolishi mumkin. Bu nafaqat ezgulikka xizmat qiladigan, balki o‘z mohiyatiga ko‘ra g‘ayriinsoniy bo‘lgan mafkura shakllariga ham tegishlidir.

 

Mafkura yakkahokimligi – muayyan davlat, jamiyat yoki bir guruh davlatlarda yagona mafkuraning to‘la hukmronligini unga xos tamoyillarning o‘zgarmas aqidalar tarzida jamiyat hayotida qat’iy va mutlaq tartibda o‘rnatilishini ifodalaydigan tushuncha. Mafkura evolyutsiyasining mohiyati shundaki, bunda biron-bir mafkuraviy tizim yagona ilmiy, eng adolatli, jamiyatdagi barcha qatlamlar manfaatlarini ifoda etuvchi mafkura deb e’lon qilinadi. Mafkura evolyutsiyasi shundaki, o‘zining mohiyati yoki biron-bir jihati bilan undan farq qiluvchi g‘oyalar, qarashlar, mafkuralar yot va dushman mafkuralari sifatida qaraladi. Oqibatda millionlab kishilarda mutelik, loqaydlik, boqimandalik, mahdudlik, o‘zga g‘oyalarga hadiksirab qarash ruhiyati shakllanadi, jamiyatning ma’naviy rivojiga, ilm-fan ravnaqiga jiddiy zarar yetkaziladi. Tarixda mafkura evolyutsiyasining eng ko‘p tarqalgan shakli aqida parastlikdir. Bunday mafkuralar Osiyo va Yevropa davlatlari tarixida muayyan davrlarda hukmronlik qilgan. O‘rta asrlarda G‘arbdagi aqidaparastlik mafkurasi (inkvizitsiya) hurfikrlilik rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilib keldi. Yuzlab allomalar, aql-zakovat sohiblari uning qurboniga aylandi. Bunday salbiy an’ana kommunistik mafkura hukmronligi davrida ham davom ettirildi, ko‘plab moddiy va ma’naviy yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi.

 

Gʻarbda yuzaga kelgan fan va texnikaning yangi yutuqlari ko‘r-ko‘rona inkor etildi, genetika va kibernetika, politologiya, konfliktologiya, aksiologiya kabi fanlar “reaksion” va “soxta” deb e’lon qilindi. Psixologiya, sotsiologiya, kulturologiya, semiotika, bionika, informatika nazariyasi, ergonomika kabi fan sohalari yetarli darajada rivojlana olmadi. Aksariyat milliy qadriyatlar, urf-odat, an’analar eskilik sarqiti deb e’lon qilindi. Natijada ko‘plab madaniyat durdonalari izsiz yo‘qolib ketdi. XX asrning 30-yillarida Italiya va Germaniyada fashizm ham ana shunday hukmron mafkura darajasini egallagan edi. Uning oqibatida dunyodagi millionlab insonlarning boshiga cheksiz kulfatlar yog‘ildi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, milliy g‘oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari, uning mazmunini ifoda etadigan yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan har tomonlama asoslangan ta’limot yaratildi. Bizning Asosiy qonunimiz mamlakatimizda biron-bir mafkuraning mutlaqlashuvi, yakkahokim aqidaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi. U fikrlar rang-barangligiga asoslanadi, ijtimoiy hayot, siyosiy tashkilot, mafkuralarning xilma-xilligiga tayangan holda jamiyat rivojini ta’minlash yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 401
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218767
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104500
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34238
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27322
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26601
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25227
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24913
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//