Matonat


Saqlash
21:07 / 11.07.2023 0 1661

Matonat belgilangan maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qiyinchilik va to‘siqlarni yengib o‘tishda sabr-toqat, sabot va bardosh bilan qilingan xatti-harakat va shaxs xulq-atvoriga xos bo‘lgan kuchli irodani ifoda etuvchi xislat. Matonatli inson har qanday murakkab vaziyatda chyeksiz sabot va chidam, qat’iyat bilan muvaffaqiyatsizlikdan cho‘chimasdan, ta’na-malomatlar, boshqalarning qarshiligiga qaramay, ko‘zlagan ezgu maqsadiga erishish uchun o‘zida ruhiy va jismoniy kuchni to‘liq safarbar eta oladi. Jahon va Vatanimiz tarixida qalbida ana shunday jasorat, ulkan matonat hissi nihoyatda kuchli bo‘lgan insonlar har qanday murakkab vaziyatda ham adolat va haqiqat yo‘lida o‘zini ayamay, el-yurt uchun qanday ibratli ishlarni amalga oshirganini ko‘rish mumkin. Ana shunday matonatli inson – Zulfiyaxonim ayriliq va hijron azobini boshidan kechirgan, ammo g‘am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog‘dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan. Minglab ana shunday insonlar hamma zamonlarda ham barchamiz, butun insoniyat uchun fidoyilik, jasorat va matonat timsoli bo‘lib kelgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 592
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 535
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 872
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 568
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233902
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56493
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50909
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39213
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38675
“Avesto”

//