Marosim


Saqlash
22:07 / 10.07.2023 0 4023

Marosimrasm-rusum, an’anaga aylangan namoyish; shaxs, guruh va jamiyat hayotidagi muhim hodisalarni nishonlash shakli. Dastlab marosim diniy tizimlar doirasida vujudga kelib, individning ijtimoiy tizim bilan aloqalari ifodalangan. Hozirgi davrda marosim asosan, maishiy turmush, siyosiy va ijtimoiy tizimlar hayotida namoyon bo‘ladi. Marosim tarkibi odatda timsoliy harakatlarning qat’iy belgilangan siklik tartibidan iborat bo‘lib, raqslar, qo‘shiqlar, rasmlar, predmetlar, matnlardan tashkil topadi. Marosimning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: diniy marosim fuqarolik marosimlari, etnik marosim, siyosiy marosim, diplomatik marosim va hokazo. Marosim turlari ko‘pincha birbiri bilan qo‘shilib, aralashib ketadi. Ular orasida diniy marosimlar qadimgi bo‘lib, marosimning boshqa turlari asta-sekin ulardan ajralib chiqqan. Marosimni o‘tkazish individ va guruh hayotidagi muhim voqealarni nishonlashdan tashqari, uning miqyosi, unga sarf qilingan xarajatlar hajmi marosim subyektining ijtimoiy mavqei, boyligi, daromadi to‘g‘risida ham guvohlik beradi. Natijada odamlar qadim zamonlardan boshlab marosimni faqat e’tiqod yoki zarurat tufayli emas, o‘z mavqei, boyliklarini ko‘z-ko‘z qilish, soxta obro‘ orttirish maqsadida ham bajara boshlagan. Bu hol ayniqsa o‘rta asrlarda avj olgan. Masalan, Boburnomada Sulton Mahmud Mirzoning qizi Oqbegimning nikoh to‘yi marosimida oltindan pistalar va kumushdan bodomlar yasalib, mehmonlarga tortiq qilingani bayon qilinadi. Marosimlarni o‘tkazishda haddan ortiq dabdababozlik, rasmiyatchilik va shu kabilar ularning qadr-qimmatini tushiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64913
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54811
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39018
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//