Mardlik


Saqlash
21:07 / 10.07.2023 1 9292

Mardlik – 1) insonning ma’naviy xislati, nomardlikning ziddi, or-nomus, vijdon va sadoqatni, shaxsning olijanobligini ifodalaydigan; 2) mard kishilarga xos ish, xatti-harakatni anglatuvchi tushuncha. Mardlik so‘zi xalqimiz o‘rtasida keng iste’mol etiladigan va millatimiz uchun xos bo‘lgan fazilatni ifoda etadigan so‘z hisoblanadi. Mard er kishi, u bir so‘zli va har qanday ishni beg‘araz bajaruvchi or-nomusli odam. Mardlik so‘zi jasorat, qo‘rqmaslik, botirlik kabi so‘zlar bilan ma’nodoshdir. Mardlik so‘zi xalqimiz ongida insof tushunchasi bilan ham uyg‘unlashib ketgan. Negaki, mard kishidagina insof bo‘ladi. Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi, kishilarga munosabatda halollik, to‘g‘rilik, tenglik, sof dillik va haqiqatgo‘ylikdir. Mardlik fazilatiga ega bo‘lgan kishigina bu tushuncha zamiridagi ma’no-mazmunni teran anglab yetadi, uni qadrlaydi. Mardlik nima ekanini anglagan inson ojizlarni himoya qiladi, kambag‘allarga yordam beradi, zabunlarning ko‘nglini ko‘taradi.

 

Azaldan ajdodlarimiz mardlikni yuksak qadrlab, e’zozlab kelganlar. “Va’daga vafo – mardning ishi”, “Mardni mehnat yengolmas”, “Mardning ishi – mehnat” kabi maqollarda mardlikning mazmun-mohiyati mujassamlashgan. Negaki, janglarda faqat botir, fidokor insongina mardlik ko‘rsata olgan, o‘z Vatanini bosqinchilardan himoya qila olgan. Mustaqillik yillarida yurtdoshlarimizdagi mardlik tuyg‘usi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mustaqil davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini ta’minlash, konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qilish, xalqaro terrorchilik, ekstremizm, diniy fundamentalizm kabi xavf-xatarlarga qarshi murosasiz kurash olib borish zarurati yurt, Vatan taqdiri uchun qayg‘uradigan har bir insondan doimiy jasorat, azmu shijoat hamda mardlik bilan yashashni talab etadi.

1 Izoh

Robiya

02:04 / 16.04.2024

Yaxshi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64913
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54811
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39018
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//