Manfaat


Saqlash
21:07 / 10.07.2023 0 2412

Manfaat (arabcha foyda ko‘rmoq) – 1) naf, foyda, samara, natija;

2) individ yoki ijtimoiy guruh faoliyatini, huquqini belgilaydigan asosiy omil;

3) zarurat, ehtiyoj.

 

Individ yoki ijtimoiy guruh manfaat, avvalo, ularning ijtimoiy hayotdagi, ishlab chiqarishdagi o‘rni va mavqei bilan belgilanadi. Manfaat juda murakkab, keng qamrovli tushuncha bo‘lib, turli davr va vaziyatlarda uning o‘ziga xos ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Manfaat subyektiga ko‘ra, shaxs, guruh va jamiyat manfaatlari, ehtiyoj shakliga binoan moddiy va ma’naviy manfaatlarga bo‘linadi. Ma’naviy manfaatlar esa o‘z navbatida, madaniy, ruhiy, axloqiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Manfaatlar muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Subyekt o‘z manfaatlarini qanchalik chuqur anglasa, ularni ro‘yobga chiqarish uchun shunchalik qulay imkoniyat tug‘iladi. Manfaatlarni chuqur anglab yetmaslik shaxs yoki guruhning o‘z manfaatlariga zid faoliyat yuritishiga sabab bo‘lishi mumkin. Manfaatlarni anglash darajasi esa shaxs va ijtimoiy guruhning ma’naviy taraqqiyot darajasiga bog‘liq. Manfaat bilan yaqin va turdosh hodisa ehtiyojdir. Ehtiyojsiz manfaat bo‘lishi mumkin emas. Ular o‘rtasida umumiy jihatlar bilan bir qatorda, tafovutlar ham mavjud. Ehtiyojlar bevosita ob’yektga yo‘naltirilgan bo‘lsa, manfaatlar shu ehtiyojlarni qondirish vositalari, jamiyatda amal qilayotgan taqsimot tamoyillarini ham o‘z ichiga oladi. Ehtiyoj va manfaat o‘rtasida ziddiyat ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, giyohvand kishining ehtiyojini narkotik modda qondiradi, ammo bu hol uning manfaatlariga ziddir. Individ va ijtimoiy guruh faoliyatining negizida manfaat yotgani uchun ana shu faoliyatni o‘rganuvchi axloqshunoslik, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik, iqtisodiy nazariya kabi fanlar manfaat kategoriyasiga murojaat qiladi. Manfaatning umumiy jihatlari, shakllanish, rivojlanish va qondirilish qonuniyatlari ijtimoiy falsafa fanida o‘rganiladi. Falsafa tarixida manfaat mohiyatini talqin qilishda turlicha yondashuvlar bo‘lgan.

 

XX asrning ikkinchi yarmida manfaatning ontologik jihatlarini tushuntirishda ikki xil nuqtai nazar paydo bo‘ldi. Ulardan biri manfaatni obyektiv hodisa, ikkinchisi esa subyektiv hodisa sifatida talqin etadi. Birinchi yondashuv vakillari ikkinchisini subyektivizmda ayblasa, ikkinchisi birinchisini vulgarlik va metafizikada ayblaydi. Uzoq davom etgan bu tortishuv aytarli samara bermaydi. 90-yillarning boshlarida manfaat ham ob’yektiv, ham subyektiv voqelik bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa, deb talqin etila boshlandi. Shu ma’noda individ va guruhlar faoliyati negizida ularning manfaatlari yotadi, degan falsafiy qoidani bunday faoliyat asosida oddiy manfaat emas, anglangan manfaatlar yotadi, manfaatning faoliyatga ta’siri uning anglanish darajasiga bog‘liq, deb to‘ldirish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, subyektlar ba’zi hollarda o‘z manfaatlariga zid harakat qilishlari ham mumkin. Masalan, och yurgan ona zo‘rg‘a topgan ovqatini o‘zi yemay bolasiga berishi uning manfaatlariga zid bo‘lsada, ammo oliy insoniy manfaatlarga muvofiqdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 887
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232597
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112450
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64913
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54811
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39018
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37991
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36500
“Avesto”

//