Mantiqiy fikrlash


Saqlash
20:07 / 10.07.2023 0 7090

Mantiqiy fikrlashinson tomonidan ko‘rib, eshitib, bilib, his qilib va anglanib turgan borliq, voqelik yoki taassurotlarning boshqalar uchun ham tushunarli tarzda tafakkur etilishini anglatuvchi tushuncha. Mantiqiy fikr yuritish qobiliyati barcha sog‘lom insonlarga xosdir. Insonning bilish faoliyati uchun mantiqiy fikrlash universal xarakterga ega. Tafakkur ko‘p qirrali, murakkab, shu bilan birga, bir butunni tashkil etadigan aqliy jarayondir. Mantiq deganda insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida, tartibli, aniq, asosli, ya’ni mantiqiy o‘ylay olishi tushuniladi. Barcha insonlarning fikrlash qonuniyatlari bir xil bo‘lganidan turli tillardagi so‘zlarning ma’nosini tushuna olamiz. Mantiqiy fikrlash insonning ilmiy va amaliy faoliyati sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Mantiqiy fikrlashning olam va undagi voqea-hodisalar, inson va tabiat o‘rtasidagi muntlarning mohiyatini teran anglash va shu asosda hayotni to‘g‘ri tashkil etish borasidagi o‘rni beqiyos dir. Mantiqiylik – tafakkurning, yozma va og‘zaki nutqda fikrlash qonunlariga amal qilish jarayonidir. Bu jarayonda ayniyat, ziddiyat, inkorni inkor qonunlari o‘zaro uyg‘un holda namoyon bo‘ladi. Ayniyat qonuni har bir narsa-hodisaning aynan o‘ziga tengligini, fikrda, so‘zlashuv va matnlarda takror so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni bildiradi. Ziddiyat qonuni bir vaqtning o‘zida har bir voqea-hodisani ziddi bo‘lmasligini taqozo etadi. Inkorni inkor qonuni esa muayyan sharoitda voqea-hodisalar aynan o‘sha holatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligini bildiradi. Insonning nutqi, ilmiy-pedagogik, rahbarlik faoliyati mantiqiy fikrlash bilan uyg‘un bo‘lishi zarur. Shundagina faoliyatning barcha sohalarida mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va muayyan samaraga erishish mumkin. Mantiqsizlik – mantiqiy fikrlashning aksidir. Mantiqiy fikrlash ma’naviy-ma’rifiy sohada ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi faoliyatni mantiq qonuniyatlari asosida tashkil etish ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning izchilligi, ta’sirchanligi va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 265
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 276
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 265
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 312
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224694
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107673
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55011
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39916
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39732
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31047
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30502
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29898
Alpomish

//