Mansabparastlik


Saqlash
20:07 / 10.07.2023 0 1121

Mansabparastlik – mansabni yaxshi ko‘rish, mansabga intilishni ifoda etuvchi tushuncha. Mansabparastlik deganda hokimiyat tarmog‘ining biror jabhasida, davlat organlarida, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, davlat munisipal muassasalarida, harbiy tuzilmalarda tashkiliy, taqsimot, ma’muriy, xo‘jalik funksiyalarini doimiy yoki vaqtincha bajarayotgan mansabdor shaxsning o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida davlat yoki jamiyatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ziyon yetkazib yoki unga chap berib, mansab pillapoyasidan ko‘tarilishga harakat qilishi tushuniladi. Mansabga intiladigan, mansabni yaxshi ko‘radigan, davlat va jamiyat oldidagi mas’uliyatini his etmaydigan, uni maqsadga erishish vositasi deb hisoblaydigan kishilar mamlakat, yurt va millat taqdiri haqida qayg‘urmaydi, pirovardida oyog‘i yerdan uziladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlash masalasiga berilayotgan e’tibor va zamonaviy rahbar kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi mexanizmi yaratilgani va amaliyotga izchil tatbiq etilayotgani tufayli bunday illatlar asta-sekin barham topmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 592
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 535
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 872
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 568
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233902
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56493
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50909
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39213
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38675
“Avesto”

//