Manmanlik


Saqlash
21:07 / 07.07.2023 0 2299

Manmanlik – ijtimoiy munosabatlarda o‘zini o‘zgalardan yuqori qo‘yish, ularga pastnazar bilan qarash, boshqalarning fikr-mulohazalarini e’tiborga olmaydigan, faqat o‘zini haq deb, o‘zgalarni tan olmaydigan kishilarga xos salbiy xususiyatni ifodalaydigan atama. Bunday ma’naviy tuban, dunyoqarashi tor va madaniyatsiz odamlar ta’lim-tarbiyadagi xato va kamchiliklar mahsulidir. O‘ziga haddan tashqari bino qo‘ygan, o‘zlarini ijtimoiy hayotda hamma narsaning egasi, tayanchi deb hisoblaydigan bunday kishilar vaqtida o‘zini o‘zi tarbiya qilib olmasa, oxir-oqibatda axloqiy tanazzulga yuz tutadi. Manmanlikning ikkinchi ijtimoiy ildizi – moddiy ahvoli yomon odamning birdaniga katta mol-mulkka ega bo‘lishi va o‘zini axloqiy jihatdan idora etolmay qolishida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda halqimiz orasida “Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin”, degan ibora bejiz paydo bo‘lmagan. Chunki, har bir insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-demografik, siyosiy-madaniy jihatdan jamiyatda tutgan mavqei bo‘lib, uning ma’naviy qonun-qoidalari belgilab berilgan. Jumladan, qanday siyosiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘lmasin, farzandlar nafaqat ota-onalariga, balki mahalladoshlariga, hamkasblariga va hokazoga hurmat va e’tiborda bo‘lishlari shart. Manmanlikning oldini olishda oila, ta’lim maskanlari, mahallalar, mehnat jamoalarida ma’naviy tarbiyani takomillashtirish, har bir insonda kamtarlik tuyg‘usini kamol toptirish, tevarak-atrofdagi kishilarning fikr va qarashlariga sabr-toqatlilik, fe’l-atvoridagi kamchiliklarga tanqidiy yondashish ko‘nikmasini shakllantirish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 310
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 861
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 906
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228456
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110075
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58886
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46593
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42704
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36491
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34618
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31919
Kompetentlik

//