Maishatbozlik


Saqlash
21:07 / 07.07.2023 0 1037

Maishatbozlik – yuksak ma’naviyat tamoyillariga zid tushuncha bo‘lib, maishat, aysh-ishratga berilishni ifodalovchi illat. Maishatbozlik atamasi barcha zamonlarda salbiy ma’noda qo‘llab kelingan. Maishatbozlik faqat o‘z manfaatini ko‘zlagan, birovlarning hisobiga aysh-ishrat qilishga intilayotgan kishilar uchun xos xususiyat hisoblanadi. Maishatbozlik pokiza oilaning, farzandlar tarbiyasining kushandasi hisoblanadi. Chunki maishatbozlikga ruju qo‘ygan odam oilasi, farzandlari, ota-onasini unutadi, maishatbozlikni deb u hamma narsadan kechishga tayyor bo‘ladi. Bu esa jamiyat uchun xavflidir. Bundan tashqari, ayrim rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy hayotiga tobora chuqurroq singib borayotgan iste’molchilik falsafasi, ulkan “lazzatlanish, aysh-ishrat” industriyasining yaratilgani sharqona ma’naviyatga tamoman zid bo‘lgan g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlarning qonuniylashtirilishi va eng xatarlisi, bu kabi ma’naviy illatlarni boshqa mamlakatlarga tiqishtirishga urinishlar maishatbozlik avj olishiga xizmat qiladi, ayniqsa, yoshlarimizning axloq-odobi, ma’naviyatini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan g‘oyat jiddiy tahdiddir. Shuning uchun bunday xavf-xatarlarga qarshi izchil kurash olib borish, ularning mohiyati, maqsadlari va oqibatlarini yoshlarimizga tushuntirish maishatbozlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 592
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 535
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 872
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 568
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233902
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56493
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50909
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39213
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38675
“Avesto”

//