Madhiya


Saqlash
22:07 / 06.07.2023 0 1032

Madhiya (arabcha maqtov, ta’rif) – biror shaxs, voqea yoki narsaning maqtoviga bag‘ishlangan badiiy asar. Madhiya muayyan xalq, millat, davlat va jamiyatning orzu-intilishlari, ma’naviyati, tarixi, buguni va istiqbolini o‘ziga xos tarzda ifoda etadigan tushuncha. Ba’zan asarning bir qismi ham madhiyadan iborat bo‘lishi mumkin. Arab, fors va o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analariga ko‘ra, har bir yirik epik asarning bosh qismida (asosan, she’riy) madhiyalar o‘rin olgan. Odatda bu madhiyalar avvalo Xudoga, payg‘ambar va hukmdor va boshqaga bag‘ishlangan. Shuningdek, shoirlar orasida o‘zlaridan avval yashab ijod etgan buyuk shaxslarga madhiyalar bag‘ishlash ham urf bo‘lgan (masalan, Navoiyning “Xamsa”sidagi dostonlar muqaddimasida Nizomi, Xisrav Dehlaviy, Jomiy madhi). Madhiya xarakteridagi asar turli janrlarda (masnaviy, g‘azal, muxammas va boshqa) yozilishi mumkin. Muayyan davlatga bag‘ishlangan she’riy-musiqiy asar ham madhiya hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 592
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 535
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 872
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 568
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233902
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67649
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56493
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50909
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39213
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38675
“Avesto”

//