Madaniyat falsafasi


Saqlash
21:07 / 06.07.2023 0 2241

Madaniyat falsafasi – madaniyatning mohiyati, rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyot bosqichlari va istiqbollarini yaxlit, bir butun hodisa sifatida o‘rganuvchi falsafiy fan. Madaniyat falsafasi fan sifatida ajralib chiqqani uchun ham ular o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bor. Xususan, falsafiy qonun va kategoriyalarni bilish madaniyat va uning rivojlanish muammolarini nazariy-metodologik jihatdan to‘g‘ri yechish uchun zamin yaratadi. Ayni paytda madaniyat falsafasi madaniyatning xilma-xil ko‘rinishlarini tahlil qilish asosida falsafiy qonunlar va tushunchalarning mazmunan boyishi, falsafaning ijtimoiy amaliyot bilan aloqasining kengayishi va chuqurlashuvi, u ilgari surayotgan xulosa va qoidalarning boyishi va takomillashuviga xizmat qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy taraqqiyotning subyektiv, ya’ni kishilar faoliyati bilan bog‘liq jihatlariga alohida e’tibor beradi. Madaniyat falsafasining predmeti doirasi madaniyat masalalari bilan cheklangan. Shu bois madaniyat tushunchasi keng talqin qilingan taqdirda ham butun jamiyatni qamrab ololmaydi. Madaniyat falsafasi boshqa fanlar ma’lumotlaridan foydalanish bilan birga o‘zining empirik materiallarini yig‘adi va tahlil qiladi. Madaniyat falsafasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lib, ularning kategoriyalaridan faol foydalanadi. Masalan, falsafa fanidan “faoliyat”, “taraqqiyot”, “vorislik”, “boshqaruv” kabi tushunchalarni o‘zlashtirib “madaniy faoliyat”, “madaniy taraqqiyot”, “madaniy vorislik”, “madaniyatni boshqaruv” kabi kategoriyalarni ishlab chiqadi.

 

Madaniyat falsafasi nazariy tahlil obyekti sifatida juda qadimiy ildizga ega. Sharqda Budda, Konfusiy, Zardusht, Gʻarbda antik falsafa namoyandalari qarashlari bunga misol bo‘la oladi. Ammo uzoq vaqt madaniyatshunoslikka oid tadqiqotlar falsafa, tarix, antropologiya kabi fanlarning tarkibiy qismi sifatida rivojlanib keldi. XIX–XX asrlar oralig‘ini madaniyat falsafasining fan sifatida shakllanishida muhim bosqich deyish mumkin, chunki bu davrda madaniyat falsafasiga muhim ijtimoiy hodisa sifatida jiddiy e’tibor qaratildi. Jumladan, I.Kant uchun madaniyat falsafasi taraqqiyoti avvalo axloq taraqqiyoti bo‘lsa, Gegel uchun falsafa taraqqiyoti asosiy hisoblanadi. Umuman olganda, nemis mumtoz falsafasi doirasida madaniyat falsafasi jamiyat va individning ma’naviy va siyosiy rivojlanishining umumiy shakli sifatida talqin etiladi va madaniyatning turli shakllari inson madaniy evolyutsiyasining tarixiy bosqichlari sifatida tahlil etiladi. Bugungi kunda madaniyatning mohiyatini tahlil qilishga yo‘naltirilgan bir qator yondashuvlarni ajratish mumkin. Naturalistik yondashuvda madaniyat inson tabiati rivojlanishining tabiiy mahsuli, inson tabiati evolyutsiyasining yakuniy bosqichi deb hisoblansa, mumtoz yondashuvda madaniyat inson va jamiyat ma’naviy hayoti bilan aynanlashtiriladi, u tabiatdan tashqaridagi, g‘ayritabiiy hodisa sifatida talqin qilinadi. Aksiologik yondashuvda madaniyat tushunchasi faqat qadriyatlarga nisbatan qo‘llanishi mumkinligi ta’kidlansa, faoliyatli yondashuv doirasida madaniyat inson hayotiy faoliyatining o‘ziga xos usuli, faoliyat, uning manba va natijalarining dialektik birligi sifatida e’tirof etiladi. Bundan tashqari, madaniyat falsafasi semiotik, strukturaviy, postmodern, antropologik yondashuvlar nuqtai nazaridan o‘rganilishi mumkin. Shunday qilib, madaniyat falsafasining talqin etilishi borasida turli-tuman yondashuvlar mavjud bo‘lsa-da, bu tushuncha va hodisaning yaxlit umume’tirof etilgan konsepsiyasini ishlab chiqishga ehtiyoj saqlanib qolmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 401
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218768
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104500
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34241
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27323
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26601
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25232
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24913
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//