Bilasizmi?
Madaniy meros – avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy tajriba, ma’naviy-axloqiy, ilmiy, diniy va madaniy qarashlar, xalq madaniyati va ijodida ifodalangan moddiy hamda ma’naviy boyliklarni anglatuvchi tushuncha. Har bir davr madaniy meros rivojiga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. Masalan, Qadimgi yunon madaniyati doirasida fan, adabiyot va san’ati sohasida yaratilgan nodir asarlar va yodgorliklar hozirgacha insoniyatni hayratga solib kelmoqda. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt ming yildan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining namunasi sifatida UNESCO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mustaqillik yillarida ana shu bebaho madaniy merosni tiklash, uni asrab-avaylash va boyitgan holda kelgusi avlodlarga yetkazib berish yo‘lida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, izchillik bilan davom ettirilmoqda. Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Toshkent, Qarshi, Termiz, Xiva, Marg‘ilon, Shahrisabz kabi ko‘hna shaharlarimizdagi tarixiy yodgorliklar, masjidu madrasalar, maqbaralar, qadamjolar ham madaniy merosning ajralmas qismidir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo‘yilgan urf-odat, marosim va an’analar, islomiy qadriyatlar, milliy bayramlar qayta tiklandi, o‘zbek tili davlat tili maqomiga ega bo‘ldi, jahon va milliy madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk siymolarning nomlari tiklanib, asarlari har tomonlama o‘rganilmoqda, qadamjolari obod etilmoqda. Bunday ezgu sa’y-harakatlar boy madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, boyitish, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazib berishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Madaniy islohot – madaniy yangilanish, jamiyatning bir sifat holatidan yuksakroq yangi sifat holatiga o‘tish jarayonida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jabhalar bilan bir qatorda madaniyat va ma’naviyat sohasida ham tub o‘zgarishlar va islohotlarni amalga oshirish jarayonini ifoda etuvchi tushuncha. Bunda jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshiriladigan tub islohotlar madaniy hayot va ma’naviyat bilan uyg‘un holda olib borilishi ob’yektiv taraqqiyot qonuniyati sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki, jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy asoslarini isloh etish obyektiv ravishda madaniyat sohasini ham tubdan o‘zgartirish va qayta qurishni taqozo etadi. Tarixiy taraqqiyot jarayoni, sivilizasiya rivojining muayyan bosqichida ma’rifatparvarlik harakatini (Fransiya, Angliya, AQSH, Gollandiya, Belgiya, Germaniya va boshqa), madaniy islohot, ilm-fan, san’at va adabiyotni rivojlantirish orqali milliy ozodlikka, mustaqillikka erishi yo‘lidagi sa’y-harakatlar (gandizm, jadidchilik) madaniy islohot amaliyotini joriy etish bosqichlari sifatida baholash mumkin. Sobiq mustabid tuzum davrida "madaniy inqilob" deb atalgan, aslida madaniyat sohasida zo‘rvonlik va bosqinchilikdan iborat bo‘lgan buzg‘unchi jarayonlar oqibatida azaliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimiz, milliy g‘ururimiz toptaldi, xalqimizning minglab asl farzandlari: davlat arboblari, olimu ulamolar, ziyoliylari qatag‘on qilindi, bebaho ilmiy, madaniy-ma’rifiy merosimiz, necha ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizga ta’qib va tazyiqlar kuchaydi. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz hayotining barcha sohalari qatori madaniyat, ma’naviyat sohasida ham amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy o‘zligimizni anglash, ko‘hna urf-odat va an’analarimizni tiklash, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ularning qadamjolarini obod etish, ilm-fan, san’at va adabiyotni har tomonlama rivojlantirish borasida beqiyos imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q