Layoqat


Saqlash
20:07 / 05.07.2023 4 13435

Layoqat – insonning anatomik-fiziologik xususiyati bo‘lib, qobiliyatlar rivojining asosidir. Layoqat – qobiliyatning nasliy mustahkamlangan omili, qobiliyat rivojlanishining tabiiy zamini. Muayyan sharoit mavjud bo‘lganda layoqat qobiliyatning shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Asab analizatorlarining ayrim tug‘ma xususiyatlari layoqatni tashkil etadi. Asab tizimining tipologik xususiyatlari xam layoqat sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Muvaqqat nerv bog‘lanishlarining tarkib topish tezligi, mustahkamligi, diqqatni to‘plash kuchi, asab tizimining chidamliligi, aqliy ish qobiliyati ham layoqatga bog‘liq. Shuningdek, birinchi va ikkinchi signallar tizimining munosabati hamda taraqqiyot darajasi ham layoqat sifatida qaralishi mumkin.

 

Signallar tizimi o‘rtasidagi munosabat xususiyatlariga qarab, rus olimi I.Pavlov oliy nerv faoliyatining uchta maxsus insoniy tipini ajratib ko‘rsatgan. Bular: 1) badiiy tip – birinchi signal tizimining nisbatan ustunligi; 2) fikrlovchi tip – ikkinchi signal tizimining nisbatan ustun bo‘lishi; 3) aralash tip – ikkala signallar tizimining muvozanati. Badiiy tip kishilari uchun bevosita taassurotlarning yorqinligi, idrok va xotiraning obrazliligi, xayolning boyligi va jonliligi, emosionallik xarakterlidir. Fikrlovchi tipga mansub kishilar analiz va sistemalashtirishga, umumlashgan, mavhum tafakkurga moyil bo‘ladi. Muayyan layoqat mavjud bo‘lganda bolada musiqiy, adabiy, badiiy-tasviriy, matematik qobiliyat juda erta shakllanishi va tez rivojlanishi mumkin. Masalan, mashhur kompozitor Motsartda musiqa qobiliyati juda erta namoyon bo‘lgan. Bunday ma’lumotlar ba’zida qobiliyatning tug‘maligi haqida noto‘g‘ri xulosa chiqarishga ham sabab bo‘ladi. Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, layoqat qobiliyatning rivojlanishiga kafolat bo‘lolmaydi, u qobiliyatning shakllanishi uchun sharoitlardan biridir.

 

Insonda qanchalik kuchli layoqat bo‘lmasin, agarda u muayyan faoliyat bilan qat’iy va muntazam shug‘ullanmasa, undan taniqli musiqachi, rassom yoki shoir chiqmaydi. Qobiliyatga nisbatan layoqat polivalentliligi bilan ajralib turadi, ya’ni aynan bir xil layoqat asosida turli xil qobiliyatlar shakllanishi va rivojlanishi mumkin. Layoqat ko‘p qirralidir, shuning uchun har bir qobiliyatga muayyan layoqati mos keladi, deb aytish mumkin emas. Demak, ayni bir layoqat asosida turli qobiliyatlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, badiiy tip asosida aktyorlik, yozuvchilik, rassomlik, musiqachilik qobiliyatlari tarkib topishi mumkin bo‘lsa, fikrlovchi tip zaminida esa matematika, falsafa, lingvistikaga bo‘lgan qobiliyat shakllanadi. Agar bola yoshligida o‘zini ko‘rsatmasa, ya’ni muayyan yutuqlarga erishmasa, buni layoqatsizlik deb qarash kerak emas. Layoqat inson rivojlanishining turli davrlarida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Demak, layoqat shaxsning maxsus qobiliyatlari tarkib topishi va rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan anatomik-fiziologik imkoniyatdir. Layoqat insonning, shaxsning ma’naviyat va ma’rifatga, tabiatdagi betakrorlikni his etishga moyillik hamdir. Layoqat qancha kuchli bo‘lsa, insondagi burch va mas’uliyat tuyg‘usi ham shunchalik qat’iy bo‘ladi. Shu asosda unda yuksak ma’naviyat hamda ma’rifat shakllanadi.

4 Izohlar

Dildora

12:05 / 10.05.2024

Judayam yaxshi fikrlar ekan 😇😇😇😇😇😇💜💜💜💜💜+_+/+_+

Sevinch

02:04 / 26.04.2024

👍👍👍👍👍👍👍👍👍

Lazizbek

00:04 / 26.04.2024

Juda zur fikrlar ofarin (+_+)(+_+🥰🥰😍😍🤩🤩🤩💖💖💥💥💥

Shohruz

16:04 / 21.04.2024

Juda zo`r ekn shu tempda davom etinglar

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 401
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218767
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104500
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34236
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27322
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26601
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25224
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24910
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//