Dunyoning eng g‘aroyib taqiqlari


Saqlash
17:11 / 16.11.2021 0 1320

 Jamiyat albatta, qonun-qoidalar asosida yashaydi. Ular ichida g‘aroyib va antiqalari ham yo‘q emas. Quyida ana shunday kutilmagan taqiqlar bilan tanishasiz.

 

Ota-ona uchun eng muhim vazifa bu - farzandiga chiroyli ism qo‘yishdir. Ba’zi mamlakatlar bu borada qonunlar ham chiqargan. 2011-yil Yangi Zellandiyada qo‘yish mumkin bo‘lmagan 102 ta ism ro‘yhati e’lon qilindi. Masalan, Lusifer, Messiya, Gitler, shuningdek bitta harf va sifrli nomlar. Italiyada bo‘lsa, 2008-yildan beri o‘g‘il bolalarni Venerdi (Jumavoy) deb nomlash mumkinmas. Sabato (Shanbavoy) va Domenika (Yakshanbavoy)larga esa ruxsat. Xitoyda ism harflariga chet el simvollari aralashtirilmasligi shart.  

 

2009-yildan Angliyaning Uorrington nomli ko‘cha vokzalida o‘pich olish taqiqlangan. Temiryo‘lchilarning fikricha, yo‘lovchi va kutib oluvchilarning o‘zaro o‘pishib ko‘rishishi atrofdagilarga halaqit beradi, tiqilinchlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. O‘pich uchun huddi chekish singari alohida zonalar tashkil etilgan. Fransiya vokzallarida ham yuz yildan beri ushbu qonun ijroda. Dubayda esa jamoat joylarida o‘pish umuman mumkin emas. Qonunga rioya etmaganlar esa jarima to‘laydi yoki turmaga mahkum etiladi. Malayziyaga ushbu jarima miqdori 75 dollarga teng, Indoneziyada bo‘lsa, naq 10 yil qamoqda qolib ketishingiz hech gap emas. 

 

Asrimizning global muammolaridan biri sanalmish semirib ketish dardidan 10% erkaklar va 15% ayollar ayollar aziyat chekmoqda. Kunchiqar mamlakat Yaponiya ham bundan tashvishda ko‘rinadi. 2008-yilda davlat hamma kompaniyalarga 40 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan hodimlarining og‘irligini har yili o‘lchab turishga buyruq bergan. Bel o‘lchovining eng yuqori ko‘rsatgichi erkaklarga 85 sm, ayollarga esa 90 sm. etib belgilangan. Kim me’yordan oshib ketsa, ozish uchun talab qo‘yiladi. Agar hodim buni o‘zi eplolmasa, maxsus ozish kurslariga yuboriladi. 

 

Odamga o‘limni ham taqiqlab bo‘larmikin, axir bu bizning qo‘limizda emas-ku? Shunday bo‘lsada, Norvegiya ushbu qonunni chiqardi. Chunki Longyir shahrida marhumlarni ko‘mishmaydi. Juda nobop hisoblangan yerga ko‘milgan tana oq ayiqlarni o‘ziga jalb etadi... Oqibatda kasallik tarqalgani uchun davlat ushbu shaharda o‘lib, dafn etilishni cheklab qo‘ydi. 

 

Bolajonlarning sevimli o‘yini qorbo‘ron 2013-yildan boshlab Belgiya ahli uchun ma’n etildi. Balki bunga o‘yinqaroq yoshlarning beayov qor otarlari sababdir. Chindan ham ba’zida qor to‘pidan shikastlanib kasalxonaga tushib qolganlar ham topiladi. Ayniqsa, ichida tosh bilan qor otish jarimaga tortiladi.  

 

Gretsiyaning ayrim tarixiy maskanlarida baland poshnali oyoq kiyimda yurish mumkin emas. Bu haqda 2009-yilda Grek tarixiy va an’anaviy merosi bo‘limi rahbari Elen Korka qaror qilgan: “Ayol mehmonlar tarixiy maskanlarga zarar yetkazadigan oyoq kiyim kiyishlari mumkin emas. Bo‘lmasa qadimiy yo‘llarga zarar yetadi, odamlar buni tushunishi kerak”. Ingichka va baland poshna yo‘llarda g‘ovaklar hosil qilishi mumkin, shuning uchun bu taqiq joriy qilingan.

 

Italiyaning Turin shahridagi fuqarolar kuchugini kuniga uch mahal sayr qilishga olib chiqishlari shart. Bu qonun 2006-yilda joriy qilingan. Ta’kidlanishicha, bu qonun jonivorlarga bo‘lgan shafqatsizlikni oldini oladi. Agar sayrga olib chiqilmasa, it egasiga 600 dollar jarima yoziladi. 

 

Germaniyada haydovchidan avtobusda jiddiy sababsiz to‘xtatishini so‘rash mumkin emas. Haydovchi faqat bekatda to‘xtashi kerak. Agar uni chalg‘itib biror yerda to‘xtab o‘tishini so‘rasangiz va bunga o‘ta muhim sabab keltirilmasa, siz jarimaga tortilasiz.

 

Janubiy Avstraliyada agar nikoh to‘yi, dafn marosimi yoki muhim diniy tadbirga halaqit bersangiz, sizga 10 ming dollar jarima yoki  2 yillik qamoq jazosi tayinlanadi. Bu qonun 1953-yildan beri amalda.

 

Boliviyaning La-Pase shahrida turmushga chiqqan ayollar restoranda faqat bir bokal vino ichishlari mumkin. Ularning mast bo‘lishlari taqiqlanadi. Bundan tashqari, erkaklar xotinlarining yashirincha biror barda ichayotganini ko‘rsa, u bilan ajrashishga haqli.

 

Ispaniyaning ayrim plyajlarida qumdan katta qasr va haykallar yasash mumkin emas. Albatta, ko‘plab dam oluvchilar bolalar bilan birga qumdan qasrlar qurishni xush ko‘radi. Ammo ayrim rassomlar turistlarga shu kabi qasrlar yasab berib, xizmat haqi olish holatlari ko‘payib ketdi. Shunga ushbu qonun joriy qilindi.

 

Baltimorda fol ochish qat’iy taqiqlanadi. Kimningdir kelajagini bashorat qilish, qarta orqali folbinlik qilish yoki boshqa ko‘rinishlarda fol ochish holatlari kuzatilsa, 500 dollar jarimaga tortilish yoki 1 yil qamoq jazosiga xukm qilinish mumkin.

 

Shri Lankadagi budda haykali bilan selfi qilish ma’n etiladi. Aytilishicha, haykalga teskari o‘girilgan holda rasmga tushish unga hurmatsizlikni ifoydalaydi. Turistlar ham bu qoidaga bo‘ysunishadi. 

 

Venetsiyadagi Avliyo Mark maydonida qushlarga don berish mumkin emas. Uzoq yillar davomida bu yerda sayohatchilar va savdogarlarni kabutarlarga don sochayotganini ko‘rish mumkin edi. Natijada qushlar soni ko‘payib ketdi, ular qadimiy binolarga zarar yetkaza boshladi. Shuning uchun 2008-yilda ushbu qonun chiqarildi.  

 

Nodira Ibrohimova tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

18:12 / 04.12.2024 0 759
Buninni jiddiy raqib deb bo‘ladimi?

Bilasizmi?

10:12 / 03.12.2024 0 212
Pul va minora – ular “qarindosh”mi?

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 404
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 219725
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104914
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 37076
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 29610
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 28972
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27979
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 26050
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 24026
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//