Imij


Saqlash
16:06 / 16.06.2023 0 6909

Imij (inglizcha imij – qiyofa, tasvir) – odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan yuzaga keladigan, idrok etilayotgan obyekt haqidagi axborotni o‘zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan muayyan sintetik obraz. Imij turlari: korporativ imij (kompaniya, firma, korxona, muassasa, siyosiy partiya, jamoat tashkiloti va hokazo imiji) va individual imij (siyosatchi, biznesmen, artist, rahbar, ijtimoiy harakat yetakchisi kabi alohida shaxslarning imiji)ni farqlash maqsadga muvofiqdir. Ikkala holda ham, ya’ni tashkilotga nisbatan ham, individ (shaxs)ga nisbatan ham tashqi va ichki imij bo‘ladi. Tashkilotning tashqi imiji – bu uni qurshagan muhitda, mazkur tashkilotning mijozlari, iste’molchilari, raqiblari, hokimiyat organlari, OAV, jamoatchilik ongida u haqda shakllanadigan obraz, tasavvur. Individning tashqi imiji verbal, vizual, axloqiy, estetik ifoda usullari va xulq-atvorning har xil shakllaridan tarkib topadi, u bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishadigan odamlar esa bu imij subyekti hisoblanadi.

 

Imij masalasida funksional yondashuv tarafdori bo‘lgan ingliz olimi F.Jevkinz imijning quyidagi turlarini taklif qiladi:

1. Ko‘zgusimon imij – bizning o‘zimiz haqimizdagi tasavvurimizga xos bo‘lgan imij

2. Joriy imij – chetdan tashlangan nazarga xos bo‘lgan imij

3. Maqbul imij – shaxs nimaga intilayotganini aks ettiradigan imij

4. Korporativ imij – tashkilotning ayrim bo‘linmalari yoki uning ish natijalari emas, balki umuman tashkilot imiji

5. Ko‘p sonli imij – yagona korporasiya o‘rnida bir qancha mustaqil tuzilmalar mavjud bo‘lgan holda yuzaga keladigan imij.

 

Imij masalasida kontekstli yondashuv ham bor. U imijning muvofiqlashtirilgan holda yaxlit xususiyat kasb etishi, ro‘yobga chiqarish shart-sharoitlarini hisobga olinishi, ayrim jihatlari esa birbiriga zid bo‘lmasligi lozimligini anglatadi. Ingliz olimasi E.Sempson shaxsiy imij to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, tashqi va ichki omillar uyg‘unligiga qarab, imijni uch turga – o‘z-o‘zining imiji, idrok etiladigan imij va talab qilinadigan imijga ajratadi. O‘z-o‘zining imiji o‘tmish tajribasidan kelib chiqadi va o‘ziga nisbatan hurmat, ishonchning hozirgi holatini aks ettiradi. Idrok etiladigan imij – boshqa odamlarning bizga bo‘lgan munosabatidir. Talab qilinadigan imij ayrim kasblar (rollar) muayyan imij xususiyatlarini talab qilishini anglatadi. Ayrim hollarda bunga kiyim turi ko‘maklashadi. Harbiy ust-bosh, sudya mantiyasi, podsho toji – bularning barchasi shaxsning muayyan rollarni bajaruvchi ekaniga ishora qiladigan imij belgilaridir. Ba’zi tadqiqotchilar xarizmatik imijni mustaqil tur sifatida taklif qiladi. Xarizma, xarizmali rahbar tushunchasini ilmiy muomalaga sosiologiya asoschilaridan biri M.Veber kiritgan. Imij turlariga yopiq imijni ham kiritish mumkin. U sobiq ittifoq davrida aksariyat davlat rahbarlariga xos edi.

 

Har bir odam bu imijga o‘zi ishongan jihatni "yuklashi" mumkin edi. Odatda, odamlar muayyan shaxs haqida qancha kam axborotga ega bo‘lsa, bu shaxs ularning ko‘z o‘ngida shuncha salmoq kasb etadi. Insonga xos faoliyat jabhalariga, imij shakllanadigan turli ijtimoiy doiraga qarab, siyosatdagi imij (va siyosatchilar imiji), biznes imiji, tashkilot imiji, mamlakat imiji kabi imij ko‘rinishlari mavjud bo‘lishi mumkin. Bu imijlar mazmun jihatidan, shakllanish mexanizmlari namoyon bo‘lish shakllari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Shunday qilib, imijni shakllantirish oqilona ijtimoiy boshqaruv tizimiga kiritilishi mumkin va lozim, chunki bu masalada foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p. O‘zini, o‘z firma va tashkilotlarini kontragentlarga, jamoatchilikka tanishtirishda imijning ahamiyati qanchalik muhim ekanini hozirgi paytda hamma xodim va rahbarlar ham to‘la anglab yetgani yo‘q, ularning aksariyati eskicha ishlashda davom etmoqda, shu bois raqobatga asoslangan kurashda mag‘lubiyatga uchramoqda. Muxtasar aytganda, imij tushunchasi eng muhim gnoseologik muammo bo‘lib, boshqa barcha nazariy-amaliy va texnologik muammolar ko‘proq shu muammoning yechimiga bog‘liq.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 17
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 98
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 144
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 124
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 133
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat

Bilasizmi?

16:02 / 27.02.2025 0 139
Radio O‘zbekistonga qachon kirib kelgan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 222476
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106397
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 45192
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 35989
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 34143
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29310
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28176
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 27636
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//