Dunyoqarash


Saqlash
16:06 / 05.06.2023 0 6155

Dunyo (arabcha) – 1) insonni qurshab turgan moddiy va ma’naviy borliq;

2) kosmik fazodagi materiyaning barcha ko‘rinishlari;

3) koinot, yulduzlar olami,

4) Yer, Yer yuzi, Yer shari, Yer sharidagi aholi;

5) kishilik jamiyati (jamoa), ijtimoiy muhit, inson faoliyat ko‘rsatadigan makon, tuzum;

6) hayotning, narsa va hodisalarning ayrim sohalari, borliqning biror belgisi bilan birlashgan bo‘lagi;

7) butun olam, butun jahon, dunyodagi barcha odamlar, xalqlar;

8) kishining ichki, ruhiy hayoti va u bilan bog‘liq hodisalar majmui;

9) dunyoviy, haqiqiy hayot.

 

Dunyoqarash – 1) inson ma’naviyatining muhim tarkibiy qismi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g‘oyalar tizimini anglatadigan tushuncha; 2) falsafiy kategoriya. Dunyoqarash insonning mohiyati, olamga munosabati, dunyodagi o‘rni, hayot yo‘li, o‘zligini anglashga xizmat qiladigan qarashlar tizimidir. Ma’naviy tarbiyaning bosh maqsadi sog‘lom aql, erkin tafakkur va uning rivojiga mos keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Barcha tabiiy fanlar dunyoning ilmiy manzarasini aks ettirsa, ijtimoiy fanlar voqelikning ijtimoiy-tarixiy, g‘oyaviy-mafkuraviy manzarasini yaratadi. Dunyoqarash "dunyoni tushuntirish", "dunyoni his qilish", "olamni idrok etish" kabi tushunchalar bilan ma’nodoshdir. U mafkura bilan uzviy aloqador. Chunki mafkura o‘zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, jamiyatimiz oldidagi oliy maqsad va vazifalarni ifoda etadi, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarini birlashtirib, buyuk maqsadlar sari chorlaydi, yosh avlodni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularning sog‘lom dunyoqarash va mustaqil irodaga ega bo‘lishiga xizmat qiladi. Shu ma’noda, "mafkura", "ma’naviyat" va "dunyoqarash" tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, bir-birini to‘ldiradigan tushunchalardir. Zero, mustaqil fikr, sog‘lom dunyoqarash, mustahkam mafkuraviy immunitetga ega, ma’naviy jihatdan barkamol insongina mamlakatimizda erkin, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, yurtimiz taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan har qanday tazyiq va tahdidlarga bardosh berishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 269
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 621
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 541
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233076
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65588
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55337
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49699
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39143
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38259
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37070
“Avesto”

//