Davlat bayrogʻi


Saqlash
20:05 / 26.05.2023 0 1106

Davlat bayrogʻi – har qanday davlatning oʻtmishi, davlatchilik an’analari, siyosiy tuzumi, iqtisodiy salohiyatini ifoda etadigan ramzlardan biri. Davlat bayrogʻi maxsus qonun bilan yoki Konstitutsiya asosida rasmiylashtiriladi. Davlat bayrogʻi – mustaqil davlat va unda yashovchi fuqarolar daxlsizligining aniq ifodasidir. Davlat bayrogʻi ayni shu davlatdagi milliy, harbiy va partiyaviy birlik hamda uyushmalarning ham ramziy belgisidir. Davlat bayrogʻi odatda bir rangli yoki koʻp rangli matodan iborat boʻlib, uning bir tomoni dastaga mahkamlanadi. Matoga ba’zan turli emblema va belgilar tushiriladi (masalan, Shveysariya bayrogʻida oq rangli xoch, Shri-Lanka bayrogʻida – qilich ushlagan sher, Kanada bayrogʻida – zarang daraxtining yaprogʻi tasvirlangan). Davlatning ramziy belgilaridan biri sifatida davlat bayrogʻining shakllanish tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi.

 

Davlat boshqarish amaliyotida davlat rahbari (podshoh, qirol, imperator, amir, xon va boshqalar) atrofidagilardan rasmiy qabul qilingan va faqat davlat rahbari kiyishi mumkin boʻlgan libos bilan ajralib turgan. Shu qoidani davom ettirib, davlat rahbari yashaydigan yoki ishlaydigan imorat va binoga, dala sharoitida – chodirga, harbiy yurish vaqtida – bosh qoʻmondon harakat vositasiga maxsus uzun tayoq yoki nayzaga mustahkamlab qoʻyilgan, koʻpincha turli suratlar (sher, burgut va shu kabilar) bilan bezatilgan mato davlat ramzi va belgisi sifatida oʻrnatilgan. Davlat bayrogʻi davlat mustaqilligining ramzi sifatida davlat rahbari ishlaydigan joyda, oliy qonun chiqaruvchi organ, hukumat, davlat tashkilotlari, elchixona va konsullik binolarida, xalqaro qatnovdagi havo va dengiz kemalarida hamda qonunda belgilangan boshqa vaziyatlarda koʻtariladi. Oʻzbekiston davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan. Davlat bayrogʻini haqorat qilgan shaxs Jinoyat Kodeksiga binoan jazoga tortiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 651
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 894
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231276
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111715
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63643
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53122
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48333
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38565
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36891
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 34107
“Avesto”

//