Vafosiz(lik)


Saqlash
17:05 / 24.05.2023 0 1235

Vafosiz(lik) – vafosi yoʻq, ahd, kelishuvga amal qilmaslikni anglatadigan xususiyat. Vafosizlik insonni dinu e’tiqodidan, yoru birodarlaridan va ohir-oqibat oʻzligidan ayiruvchi yomon hislatdir. “Ishqi borning imoni bor”, deb bejiz ayt maydi dono xalqimiz. Inson uchun eng aziz narsa – oila. Ayniqsa oʻzbek xalqi uchun “oila” muqaddas tushunchadir. Oilaning tayanchini esa vafo tashkil etadi. Zero, muhabbat uyning poydevori boʻlsa, vafo uning ustunidir. Vafosizlik oilani barbod etadi, hayosizlik, riyosizlik, beandishalikni keltirib chiqaradi. Vafosizlik shahvat, nafs mahsuli. Ularning ziddi insonning ziynatli libosi boʻlgan iffat va hayodir. Abdulla Avloniy bu borada shunday deydi: “Zotingga ziynat oʻlan iffatni dilda saqlagin, //Shahvatu nafsing sani boʻlgʻusidur aqlingga qul. // Har kishining dunyoda yirtilsa iffat pardasi, // Nafsi shaytondek ani bir kun solur boʻyniga gʻul”. Vafosizlik odamni doʻstlaridan ham mahrum etadi. “Bevafo doʻstdan tayoq yaxshi, Bebahra guldan – yaproq” deydi xalqimiz. Sharq va Gʻarb mutafakkirlari nazarida, Vafosiz ayollarni iffat va hayodan mahrum etsa, erlarni oila, doʻstlaridan ajratadi, hiyonat yoʻliga boshlaydi. Masalan, Aflotunning fikricha, “Xotinlarning vafosi adab va nomusini saqlashdadir. Erlarning vafosi butun insoniyat adablariga shomildur”. Darhaqiqat, er yigit nafaqat oilaning tayanchi, balki yurt himoyachisi hamdir. Yozuvchi Oybek “Qutlugʻ qon” romani qahramonlaridan birining iborasi bilan aytganda: “Er yigit yer sotmaydi, yer sotgan er boʻlmaydi”. Ushbu hikmat zamiri teran ma’noda ifodalangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//