Erk va mustaqillik mening xarakterimni belgilaydi – Mustafo Kamol Otaturkdan iqtiboslar


Saqlash
18:05 / 22.05.2023 0 2027

1. Batamom erkinlik faqat iqtisodiy mustaqillik bilangina keladi.

 

2. Yangi mamlakat qurish uchun eski ishlarni unutmoq lozim.

 

3. Meni koʻrmoq – aynan qiyofamni koʻrishni anglatmaydi. Agar siz oʻy va hislarimni tushunsangiz, shuning oʻzi kifoya.

 

4. Agar kun kelib mening soʻzlarim ilmga toʻgʻri kelmasa, ilmni tanlang.

 

5. Urush muqarrar va tirik qolmoq uchun zarur boʻlmogʻi lozim. Agarki, millat hayotiga xavf yoʻq ekan, urush qotillikdan boshqa narsa emas.

 

6. Insoniyat ayol va erkakdan tashkil topgan. Shunday ekan, bitta jinsni ulugʻlab, boshqasiga eʼtibor qilmay qanday taraqqiyotga erishish mumkin?

 

7. Shamshir bilan jangga kirgan alal-oqibat omoch bilan urishayotganga yengilur.

 

8. Oʻqituvchilar millatlarni qutqaruvchi kishilardir.

 

9. Oʻz erki va hayotini xavfga qoʻyib jangga kirgan xalq hech qachon yengilmaydi.

 

10. Ikki taraflama muhabbat va hurmat bor yerda ishonch va itoat bor. Ishonch va itoat bor joyda intizom bor. Intizom bor – xotirjamlik bor. Xotirjamlik borida esa muvaffaqiyat bor.

 

11. Birovga bir qarich tuprogʻimizni bermasmiz, birovning tuprogʻiga ham koʻz olaytirmasmiz.

 

12. Erk va mustaqillik mening xarakterimni belgilaydi.

 

Alisher FAYZULLAYEV tayyorladi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 373
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 331
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 667
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 404
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 580
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233257
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112943
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66244
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55578
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49935
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39216
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38460
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37420
“Avesto”

//