Jordano Bruno


Saqlash
15:05 / 22.05.2023 1 4451

Bruno, Jordano (1548–1600) – italiyalik buyuk faylasuf va tabiatshunos. U 1566–75 yillarda monastir huzuridagi maktabda ta’lim olgan. Diniy unvon va faylasuf ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. O‘zining dindorlik faoliyatidan qoniqish hosil qilmagan Bruno din va cherkovga qarshi chiqishlar qilgan. Oqibatda katolik cherkovi tomonidan ta’qib ostiga olingan. Jordano Bruno 1575 yilda monaxlikdan voz kechib, Rimga qaytadi, so‘ngra Shvesiya, Fransiya, Angliya va Germaniyada yashaydi. Universitetlarda astronomiya va falsafadan ma’ruzalar o‘qiydi. O‘rta asr sxolastik falsafasiga, katolik cherkoviga qarshi asarlar yozadi. 1582 yilda “Gʻoyalarning soyasi haqida” deb nomlangan birinchi falsafiy asarini yaratdi. 1584 yilda “Kukun ustidagi bazm”, “Ibtido va birlamchi sabab haqida”, “Koinot va olam, cheklanmaganlik haqida”, 1585 yilda “Pechasning siri, Kilen eshagining ilovasi bilan”, 1591 yilda “Juda oz va uch qirrali o‘lchov haqida”, “Son-sanoqsizlik va o‘lchovsizlik haqida” kabi asarlari nashr etiladi. Mutafakkir 1592 yilda Italiyaga qaytadi. O‘sha yili hukmron din qoidalariga xilof ishlar qilgani uchun Venetsiya inkivizitsiyasining ko‘rsatmasiga muvofiq qamoqqa olinadi. Yetti yildan ortiqroq umrini inkivizitsiya qamoqxonalarida o‘tkazadi. Undan falsafiy, ilmiy-tabiiy g‘oyalaridan voz kechishni talab qiladilar.

 

Bruno o‘z falsafiy e’tiqodida sobit qoladi. Bundan g‘azablangan katolik cherkovi Brunoni tiriklayin gulxanga tashlaydi. Bruno din odamlar ongiga singdirilgan va asrlar mobaynida xalq ma’naviyatining asosi bo‘lib kelayotgan diniy an’analar va ma’naviy qarashlarga o‘z asarlari bilan katta ta’sir ko‘rsatgani sababli kishilar tafakkurida katoliklar o‘rnatgan diniy, siyosiy, madaniy, huquqiy va iqtisodiy tartiblarga nisbatan norozilik yuzaga kela boshlagan edi. Mantiqan olib qaraganda, jamiyatda diniy ma’naviyat hamda qonunlarning dunyoviy ma’naviyat va qonunlar bilan almashinishi orqali yuzaga kelgan Yevropa Renessansi davri Bruno kabi olimlarning asarlari va ularning xalq orasida keng tarqalishi bilan bog‘lanadi. Brunoning fikriga ko‘ra, falsafaning asosiy vazifasi tabiat ustida turgan Xudoni yoki narigi dunyoning sirlarini emas, balki tabiatning o‘zini o‘rganishdan iborat bo‘lmog‘i zarur.

 

Bruno falsafasidagi eng asosiy g‘oya – ilohiylik va tabiiylik, moddiylik va ideallik, tana va ruhiyat, aqliylik va hissiylik, koinot va yerdagi hayotning dialektik aloqadorligi muammolarini aniqlab berishdan iborat. Naturfalsafa va kosmologiya sohasida Bruno bir qator g‘oyalarni ilgari surdiki, ular to‘laligicha o‘rta asr ilohiyoti va sxolastikasi tamoyillariga zid edi. Xuddi shu g‘oyalar uni bid’atchilikda ayblash uchun inkvizitsiyaga asosli dastak bo‘ldi. Bruno koinot va tabiat cheksiz-chegarasiz, uning na boshi, na oxiri bor, degan fikrni ilmiy jamoatchilik hukmiga havola qildi. Mutafakkir koinotda mavjud bo‘lgan turli sayyoralar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik va ta’sir borligini isbotlashga urindi. Bruno Renessans davri an’analarini davom ettirib, bilish jarayonida har qanday obro‘-e’tiborga sajda qilishga, uni mutlaqlashtirishga qarshi chiqdi. Bruno faylasuflarning turli bahs-munozaralariga sabab bo‘lgan haqiqatni aniqlash jarayoni sekinlik bilan amalga oshishi to‘g‘risidagi fikrni ilgari surdi. Ushbu jarayonda insonning his-tuyg‘ulari, idroki, fahm-farosati, fikr-mulohazalari ishtirok etadi. Brunoning ta’kidlashicha, bilish jarayonida hissiy bosqichning ahamiyati uncha katta emas, chunki his-tuyg‘u insonga aqlni qo‘zg‘atish, unga ichki turtki berish uchun kerak. Aqlni qo‘zg‘atish, hissiyot qanday takomillashgan bo‘lishidan qat’i nazar, ayrim noaniqliklardan xoli emas. Bruno ta’limoti yangi dunyoqarash sari bosilgan ulkan qadam edi.

1 Izoh

Yosuman

01:05 / 08.05.2024

Zõr faqat ozgina 🫦😡

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 468
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 528
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 312
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 295
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227086
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109151
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56505
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41750
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41150
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32430
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31306
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 31054
Alpomish

//