Boshqaruv ma’naviyati


Saqlash
15:05 / 22.05.2023 0 1769

Boshqaruv ma’naviyati – ma’naviyat tamoyillarining boshqaruv sohasida namoyon bo‘lishi, rahbarga xos ma’naviy fazilatlar, jamiyat va davlat hayoti, barcha sohalardagi boshqaruvning ma’naviyat talablariga mos bo‘lishini anglatuvchi tushuncha. Ma’lumki, mustabid tuzum davridagi boshqaruv jarayonida kishilar ongiga bir tomonlama ma’naviyat yagona mafkura doirasida singdirilar, u voqelikdan yiroq, mavhum va alohida mavqega ega bo‘lgan jamiyat "elitasiga xos" boshqaruv ma’naviyati shaklida namoyon bo‘lar edi. Bu davrga xos bo‘lgan boshqaruv tamoyillarining mutlaqlashtirilishi oqibatida jamiyat manfaati oxir-oqibatda shaxs manfaatiga qarama-qarshi qo‘yila boshladi. Bunday mafkuraning inson manfaatlarini ifoda etmasligi, uning milliyligi va o‘ziga xosligining inkor etilishi jamiyat a’zolarining targ‘ib etilayotgan g‘oya va qadriyatlardan, e’tiqod va ishonchdan begonalashuviga, ikkiyuzlamachilikka olib keldi. Vaholanki, har qanday boshqaruv faoliyati muayyan hududda istiqomat qilayotgan xalq va millatning ma’naviy fazilatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Boshqaruv ma’naviyati qanday sohaga tegishli bo‘lmasin, bu borada faoliyat yuritayotgan insonlarni yorug‘ kelajak sari yetaklovchi, ularning istiqbolini ifodalovchi asosiy omildir. Shuning uchun shaxs ma’naviyati jamoa hayoti va boshqaruvida qaror topgan qadriyatlarga mos kelmagan hollarda xodim va boshqaruv tizimi o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi.

 

Aynan shuning uchun ham boshqaruv bo‘g‘ini muayyan jamiyatda e’zozlanuvchi qadriyatlarning aks etishi uning boshqaruv samaradorligining muhim omili sifatida e’tirof etiladi. Shu bois mamlakatda davlat va jamiyat boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida ma’naviy qadriyatlarimiz va milliy g‘oyamizga tayangan holda rahbar xodimlarning yangi avlodini shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39121
“Avesto”

//