Boshqaruv madaniyati


Saqlash
17:05 / 19.05.2023 0 3605

Boshqaruv madaniyati – boshqaruv va rahbarlik sohasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida insoniy salohiyatni roʻyobga chiqarishga qaratilgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmui va ularni amalga oshirish jarayonining namoyon boʻlishini anglatuvchi tushuncha. Boshqaruv madaniyati boshqarilayotgan har qanday obyektga nisbatan ishlatiladi. Shuning uchun boshqaruv madaniyatini jamiyatni boshqarishda ham, tashkilot va muassasalarni boshqarishda ham kuzatishimiz mumkin.

 

Oʻz mohiyatiga koʻra, boshqaruv madaniyati tashkilot faoliyatida ishtirok etuvchi barcha boʻlimlar faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish va tashkilot miqyosida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish funksiyasini bajaradi. boshqaruv madaniyati xodimlar faoliyati, maqsad-muddaolari va ularning qadriyatlarini hisobga olgan holda boshqaruvni amalga oshirishdir. Oqilona tarzda tashkil etilgan boshqaruv madaniyati tashkilotdagi mavjud inson resurslarini jadallashtirish va shu orqali mehnat samaradorligini yanada oshirish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, boshqaruv madaniyati qisqa muddatlarda kam harajatli va salmoqli natijalarni qoʻlga kiritish imkonini beradi. Boshqaruv madaniyatini takomillashtirish orqali muayyan korxona aʼzolarining ichki imkoniyatlari – bilimi, tajribasi, ijodiy salohiyati, xodimlarning oʻzini namoyon etishga intilishi kabi omillarni roʻyobga chiqarib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoni tugʻiladi. Shu maʼnoda, boshqaruv madaniyati tashkilot madaniyati, xulq meʼyorlari, xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro muloqot takomillashuvi, mehnatga boʻlgan oqilona munosabatning shakllanishiga xizmat qiladi. Jamiyat taryotining yangi rivojlanish pogʻonalariga koʻtarilib borishi bilan boshqaruv madaniyati ham davr talabiga mos ravishda mukammallashib boradi. Hozirgi davrda tashkilot yoki korxonaning samaradorligi koʻproq zamonaviy raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan belgilanadi. Bunday sharoitda tashkilotning boshqaruv madaniyati iloji boricha innovatsion loyihalarni joriy etishga qaratilgan boʻlishi lozim. Boshqaruv madaniyati tashkilot miqyosida maʼmuriyat va xodimlar, jamiyat miqyosida esa hukumat va fuqarolar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatning mazmun-mohiyatini ham tashkil etadi. Shu bois boshqaruv madaniyati ham mazmunan, ham shaklan oʻzgarib, mukammallashib boradigan tushunchadir. Xususan, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida boshqaruv madaniyati koʻproq demokratik tamoyillarni singdirib bormoqda.

 

Tashkilot miqyosidagi boshqaruv madaniyati rahbarning quyidagilarga munosabatida namoyon boʻladi: xodimlar; mavjud korxonada amal qiladigan faoliyat texnologiyalari; ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt; korxona faoliyatini rejalashtirish; tashkilot maqsadiga erishish uslublari; xodimlarga nisbatan qoʻllanadigan ragʻbatlantirish va jazolash uslublari; korxona miqyosida xodimlarning lavozimi boʻyicha oʻsish koʻrsatkichlari va h.k. boshqaruv madaniyatini mazkur jamiyatdagi madaniyatning bir koʻrinishi sifatida ham taʼriflash mumkin. Shu jihatdan, muayyan tashkilot va muassasadagi boshqaruv madaniyati davlat boshqaruvida amal qilayotgan madaniyatning asosiy jihatlarini oʻzida aks ettiradi. Boshqaruv madaniyatining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda mazkur jamiyat madaniyatini belgilovchi asosiy omillar, ayniqsa, milliy xususiyatlarni hisobga olish lozim. Bundan tashqari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy maqsadlarni oʻzaro muvofiqlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday zarurat korxona yoki tashkilot rivojlanishining asosiy shartidir. Boshqaruv madaniyati ijtimoiy nazorat shakli sifatida mavjud bilimlarni amaliyotga muttasil tatbiq etib borish jarayoni boʻlib, uzluksiz rivojlanish, mukammallashib borish xususiyatiga ega boʻlishi hamda fanning soʻnggi yangilik va kashfiyotlarini aks ettirishi lozim. Boshqaruv madaniyatini amalga oshiruvchilar rahbarlardir. Zamonaviy rahbarlarni tayyorlashda ularning ilmiy va madaniy salohiyatini, boshqaruv madaniyatini yanada yuksaltirish eng dolzarb masaladir.

 

Hozirgi davrga kelib jamiyat boshqaruvida boshqaruv madaniyatining uch asosiy turi mavjud: avtoritar, demokratik va liberal. Oʻzbekiston huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidan borar ekan, jamiyat boshqaruvida demokratik boshqaruv tamoyillari yetakchi oʻringa chiqmoqda va boshqaruv madaniyati shunga mos tarzda namoyon boʻlmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 28
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 24
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 101
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 198
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 516
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 933
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218674
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104453
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33606
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27251
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26266
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24764
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24728
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21618
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//