Botin


Saqlash
16:05 / 19.05.2023 0 2327

Botin (arabcha yashirin) – asosiy falsafiy tushunchalardan biri boʻlib, muayyan narsa, voqea-hodisa, jarayonning ichki mazmun-mohiyati deganidir. Botin zohirning ziddi, ichkining muqobilidir. Botin zohir kabi Allohning ismlaridan biri boʻlib, ushbu maʼnoda u barcha siru asror va yashirin narsalarning bilguvchisi, barchaning vahmu tasavvuridan yashirindir, hech bir koʻz uni koʻrishga va hech qanday vahmu xayol uni qamrab olishga qodir emas. Botin ahli ilohiy siru asrordan voqif boʻlgan oriflardir. Botin ilmi (ilmul botin): botinshunoslik, inson qalbining ahvolini bilib olish – “taxliya”dan iborat. Ushbu ilmni tariqat, haqiqat va tasavvuf ilmi deb ham ataydilar. Taxliya, yaʼni boʻshatmoq, tasavvuf va falsafa atamasi sifatida botinni (ichki dunyoni) yomon axloq va yovuz xislatlardan boʻshatib, tangridan bandani uzoqlashtiruvchi narsalardan oʻzini tiyishni anglatadi. Botin baʼzi hollarda aqlning amaliy kuchiga ishonch, aql bilan narsa-hodisalarning asl mazmunini anglab olishni anglatadi. Baʼzi kishilar nazarida har bir zohirning botini bor, olamning zohiriy (yuzaki) maʼnosini emas, balki botiniy, yaʼni ichki maʼnosini anglab olish lozim. Inson tashqi tomondan qanday koʻrinishidan qatʼi nazar, uning botiniy hissiyoti, qalbi, koʻngli nihoyatda nozik va maʼnaviy jihatdan boy boʻlishi, va aksincha, sirtdan qaraganda, kam-koʻstsiz, salobatli koʻringan kishi hissiyotsiz, qalbi koʻr boʻlishi ham mumkin. Botin insonga baxsh etilgan neʼmat, u buyuk kishilarning zohiriy faoliyatida yorqin ifodasini topgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//