Bozor iqtisodiyotiga oʻtish


Saqlash
16:05 / 19.05.2023 0 6166

Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim umumiy belgilari quyidagilardan iborat: mulkchilik shakllarining xilma-xilligi; tadbirkorlik va tanlov erkinligi, raqobat kurashi va muhitining mavjudligi; yuqori foyda va nafga intilish iqtisodiy faoliyatning harakatlantiruvchi kuchi ekani; erkin bozor narxlarining talab va taklif, raqobat asosida vujudga kelishi; davlatning iqtisodiyotga aralashuvining cheklangani.

 

Bozor iqtisodiyotini tarixan shakllangan ikki turga ajratish mumkin. Birinchisi, klassik yoki erkin raqobatga asoslangan hamda faqat obyektiv bozor qonunlari hamda narx va raqobat regulyatorlari asosida oʻzini-oʻzi tartiblovchi, kam taʼminlangan aholi qatlamlari, ishsizlar, kambagʻal va qashshoq kishilar ijtimoiy himoya qilinmaydigan sof bozor iqtisodiyotidir. Sof bozor iqtisodiyoti uzoq vaqt davomida shakllanib, Gʻarbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asr oxirigacha amal qilgan. Ikkinchisi, hozirgi zamon bozor mexanizmi va davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti boʻlib, XIX asrning oxiri va XX asr oʻrtalarigacha boʻlgan davrda shakllanib, hozirgi vaqtgacha takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bozor iqtisodiyotining bu shakli xilma-xil, yaʼni xususiy, davlat, jamoa va aralash mulk shakllariga asoslanadi, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat faol ishtirok etadi, xoʻjaliklarni yuritishda biznes rejasi va marketing, menejment tizimi orqali boshqarish kuchayadi, kam taʼminlangan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amal qiladi.

 

Bozor iqtisodiyotiga oʻtish – bozor iqtisodiyotining amal qilishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni vujudga keltirish, yaratish davridir. Bozor iqtisodiyoti umumbashariy tizim boʻlgani uchun dunyo davlatlarining deyarli barchasi shu yoʻldan bormoqda. Jahon tajribasi koʻrsatishicha, bozor iqtisodiyotiga inqilobiy (revolyutsion) yoki tad rijiy (evolyutsion) yoʻl bilan oʻtish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni oʻtkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish, tugatish asosida zamonaviy bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taqozo etib, “falaj davolash” usuli (“shokovaya terapiya”) deb ataladi. Bunday jadal oʻzgarishlar aholining keng qatlamlari turmush darajasining keskin pasayib ketishiga, kishilarning ogʻir, tushkun holatga tushib qolishiga, ishsizlik, kambagʻallik va qashshoqlikning kuchayishiga olib keladi. Tadrijiy yoʻl eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantirish orqali zamonaviy bozor iqtisodiyotiga ijtimoiy larzalarsiz, aholi turmush darajasining keskin pasayib ketishining oldini olgan holda oʻtishni taʼminlaydi. Oʻzbekiston zamonaviy, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, yaʼni tadrijiy yoʻl orqali oʻtish modelini tanladi. Bu yoʻl bozor iqtisodiyotiga oʻtish borasida toʻplangan jahon tajribasiga, mamlakatning tabiiy-moddiy boyliklari, aholining tarixiy, milliy madaniy anʼanalari, yuksak qadriyatlari va maʼnaviyatiga asoslangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 126
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 215
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 664
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234139
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67889
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56839
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51276
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39502
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39361
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39120
“Avesto”

//