Bozor


Saqlash
16:05 / 19.05.2023 0 4231

Bozor – 1) ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar (sotuvchilar va xaridorlar) oʻrtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan mun-tlar yigʻindisi; ushbu jarayon amalga oshadigan joy. Bozorda moddiy va maʼnaviy hayot, madaniyat va maʼnaviyatning oʻzaro uygʻunligi taʼminlanadi. Bozorlar qadimdan kishilar oʻrtasida turli aloqalar oʻrnatiladigan, madaniy tadbirlar oʻtkaziladigan joy hisoblangan. Bozor munosabatlari kishilardan lafzi halollik, oʻzaro manfaatdorlik va hamkorlikni taqozo etadi. Bozor obyekti bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat mahsuli, iqtisodiy zaxiralar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardan tashkil topadi. Bozor subyektlari bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilari, yaʼni ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar), isteʼmolchilar (xaridorlar) va vositachilar hisoblanadi. Bozor muvozanati bozordagi talab hamda taklifning miqdoriy va tarkibiy jihatidan bir-biriga muvofiq kelishidir. Agar shunday muvofiqlik boʻlmasa, bozor muvozanati izdan chiqadi.

 

Bozorning vazifalari quyidagilardan iborat: a) ishlab chiqarish bilan isteʼmolning oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash; b) bozor ishlab chiqarishining yangilanib turishi, yaʼni bu jarayonning uzluksiz davom etishiga shart-sharoit yaratish; v) iqtisodiyotni tartibga soluvchi vosita sifatida xizmat qilish; g) turli mamlakatlar, millatlar va elatlar, hududlar hamda alohida kishilar oʻrtasida oʻzaro manfaatli iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy aloqalarni oʻrnatish.

 

Bozor islohotlari – bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. Bozor islohotlari oʻz mazmuniga koʻra iqtisodiy islohot boʻlib, xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar, iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimlardan yangisiga oʻtish maqsadida amalga oshiriladi. Islohotlar iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy inqiroz va tangliklar yuz bergan, kishilarning ehtiyojlarini yetarli darajada qondirmagan hollarda mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. Iqtisodiy islohotlar larzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda parlament qabul qilgan qonunlarga binoan va davlat rahbarligida amalga oshiriladi.

 

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlari ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga oʻtishga qaratilgan. Unda beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini taʼminlash; oʻtish davrida davlatning bosh islohotchi boʻlishi; qonun ustuvorligi yoki barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi; kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning ijtimoiy nochor qatlam va guruhlarini himoyalash, qoʻllab-quvvatlash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Mamlakatimizda iqtisodiy oʻnglanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari maʼnaviy poklanish, maʼnaviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uygʻun ravishda rivojlantirilishi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Shu sabab bozor islohotlari boshqa sohadagi islohotlar kabi pirovard natijada yagona maqsadga – inson manfaatlarini taʼminlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, odamlarning daromadi va farovonligini izchil oshirib borish, har bir insonga oʻzining intellektual, kasb va maʼnaviy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratib berishga qaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//