Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)


Saqlash
15:05 / 19.05.2023 1 2579

Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – 1945-yilda tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun tuzilgan, millatlarning umummanfaatini ifoda etadigan, dunyo davlatlarining oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladigan eng nufuzli xalqaro tashkilot. BMTning maqsadi – xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, buning uchun tinchlikni buzuvchilarga qarshi birgalikda choralar koʻrish; xalqlarning teng huquqliligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilash tamoyili asosida barcha millatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirish; iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va insoniy xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda hamkorlikni amalga oshirish. BMT qarorgohi – Nyu-Yorkda, Jenevada esa BMTning Yevropa boʻlimi joylashgan. BMTning inson huquqlari boʻyicha komissiyasi BMT Iqtisodiy-ijtimoiy Kengashining yordamchi organi boʻlib, uning tarkibiga 1946-yilning 15-fevralida tuzilgan Iqtisodiy-ijtimoiy Kengash sessiyasida 3 yil muddatga saylanadigan vakillar kiradi. Komissiya faoliyati BMT Nizomi tamoyillariga qatʼiy amal qilish asosida inson huquqlarini hurmat qilish, bu boradagi saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlatlararo hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va mustahkamlashga yoʻnaltirilgan. Uning faoliyatiga BMT iqtisodiy-ijtimoiy Kengashi va Bosh Assambleyasiga inson huquqlari himoyasi masalalari boʻyicha tavsiyalar va maʼruzalar taqdim etish, shuningdek, shu sohaga oid Xalqaro konvensiyalar loyihalarini tayyorlash kiradi.

1 Izoh

Soliha

21:04 / 26.04.2024

BMT tashkiloti halqaro tinchlikni taminlash bulsa nega hozir dunyo tinch emas. Urushlar haliham mavjud?

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//