Birdamlik


Saqlash
15:05 / 19.05.2023 0 1914

Birdamlik – kishilarning muayyan gʻoyada yakdilligi, maʼlum bir faoliyatni amalga oshirish jarayonida hosil boʻladigan maʼnaviy yaqinlikni anglatuvchi tushuncha. Birdamlik bir guruh kishilar maʼlumoti, mehnati, malakasi, kasbiy mahorati va faoliyat koʻnikmalarining oʻzaro mutanosibligidir. Jamiyat uchun, umuman koʻpchilik uchun foydali boʻlgan, yaʼni unum, ragʻbat, farovonlik keltiruvchi omillarning barchasi ham birdamlik tamoyiliga mos kelavermaydi. Bunda kishilar faoliyat jarayonida umumiy birdamlikga kelishlari shart hisoblanadi. Shuningdek, ijtimoiy birdamlikning qadri faqatgina moddiy neʼmatlar bilan oʻlchanmaydi, balki maʼnaviy ehtiyojlarning qondirilishida ham uning ahamiyati beqiyosdir. Keng maʼnoda, ijtimoiy nuqtai nazardan qaralganda oʻz vaqtida soliqlar toʻlash yoki Vatanni himoya qilish, kasaba uyushmalar faoliyati sohalarida ham tenglik va ijtimoiy meʼyorlarga rioya etish talab etiladi.

 

Birdamlik ayrim hollarda ijtimoiy adolatning ekvivalenti sifatida qonun-qoidalarga rioya qilish, muayyan gʻoya va rejalar boshida oʻzaro kelishuv va iliq munosabatlar zamiriga quriladi. Birdamlikning jamiyatshunoslik fanida oʻrganiladigan qoidalari bozor iqtisodiyotiga ega boʻlgan barcha demokratik jamiyatlarda keng tarqalgan. Birdamlik qoidalari hayotga qanchalik mustahkam joriy etilsa, fuqarolik jamiyatining iqtisodiy poydevori shunchalik mustahkam boʻladi. Birdamlik ijtimoiy barqarorlikning zaruriy asosi hisoblanadi. Birdamlik shakl, qoida va meʼyorlarining hayotga tobora kengroq joriy etilishi inson manfaatlarini uygʻunlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga koʻmaklashadi. Zero, birdamlik demokratik jamiyatda muvozanatni taʼminlovchi muhim mexanizm boʻlgani sababli ham fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlari bu qadriyatga toʻla-toʻkis tayanishi tabiiydir.

 

Tadrijiy va barqaror rivojlanish yoʻliga kirgan jamiyatda ijtimoiy birdamlikga toʻlaroq erishiladi. Garchi, birdamlik nisbiy tushuncha boʻlib, barcha uchun bir xil boʻlmasa-da, demokratik jamiyatda uni amalga oshirishning qatʼiy qoida va meʼyorlari taʼminlanadi, birdamlikning oʻzi jamiyat hayotining muhim meʼyoriga aylanadi. Oʻzbekistonda birdamlik umumiy yakdillikni qaror toptirish va jamiyatning yangi siyosiy tizimini shakllantirishdan iborat islohotlarni amalga oshirishning muhim sharti sifatida oʻrta qatlamning vujudga kelishi, uning demokratik qadriyatlar uchun muhim ijtimoiy asosga aylanishi, shu tariqa jamiyatning boylar va kambagʻallarga keskin ajralib qolishining oldini olishga ham xizmat qiladi. Xalqimizning tarixan shakllangan qadriyatlariga koʻra, ijtimoiy birdamlik moddiy farovonlik va maʼnaviy boylik uygʻunligini talab etadi. Bu esa, oʻz navbatida, inson huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarish, mulkka egalik hissini mustahkam qaror toptirish, barcha fuqarolarning oʻz imkoniyatlari va qobiliyatlarini toʻliq namoyon qilishi, insonlar manfaatlari uygʻunligini taʼminlash kabi muhim demokratik qadriyatlarga asoslanadi. Jamiyatimizda birdamlikni mustahkamlashda davlat, nodavlat-notijorat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining demokratik tartibot, qonunchilik muhitini joriy etishdagi yaqin hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 296
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 268
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 619
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 364
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 540
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233074
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112801
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65578
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55333
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49694
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39141
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38257
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37064
“Avesto”

//