Bir yoqlama tafakkur


Saqlash
15:05 / 19.05.2023 0 946

Bir yoqlama tafakkur inson maʼnaviyatining cheklangan mahsuli hamdir. Zero, inson tafakkurga ega mavjudot sifatida dunyoni nafaqat anglashi, balki uni toʻgʻri talqin etishi orqaligina faoliyat yuritishi mumkin. Shu maʼnoda, bir yoqlama tafakkurga ega boʻlgan kishining maʼnaviy qiyofasi, insonlarga, oilaga, jamiyatga nisbatan munosabati adovat, yotsirash yoki befarqlik kasb etishi mumkin. Bir yoqlama tafakkur jamiyatning maʼlum tarixiy davri (jamiyat taraqqiyotining agrar, sanoatlashgan, industrial, axborotlashgan davrlari), mavjud ijtimoiy tuzum (ibtidoiy, quldorlik, feodal, kapitalistik, kommunistik), ijtimoiy zamon va makon xususiyatlari bilan ham uzviy bogʻliqdir. Masalan, kishilarning sobiq totalitar tuzumdagi tafakkuri va hozirgi mustaqillik davridagi dunyoqarashi yoki XIX asrdagi dunyoni anglashi va bugungi tobora globallashib borayotgan axborot asridagi fikrlash tarzi oʻrtasida katta farq bor.

 

Bir yoqlama tafakkur ijtimoiy voqelik boʻlishi bilan birga individual xususiyatga ham ega, yaʼni alohida olingan insonning qarashlari va tafakkur tarzida ham u yorqin namoyon boʻladi. Bunda insonning ijtimoiy kelib chiqishi, jamiyatning muayyan tabaqasiga mansubligi, oilaviy sharoiti, faoliyati, turmush tarzi, maʼlumot darajasi, madaniy qadriyatlarga munosabati, doʻstlari, yashash darajasi va sifati kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Azaldan Sharq mutafakkirlari tomonidan insonning bir yoqlama tafakkurini taʼlim-tarbiya, kamolot sari intilish, oʻqish, izlanish orqali bartaraf etish mumkinligi taʼkidlanadi. Masalan, Abu Nasr Forobiy (“Fozil odamlar shahri”), Abu Ali ibn Sino (“Tib qonunlari”), Gʻazzoliy (“Kimyoi saodat”), Alisher Navoiy (“Mahbub ul-qulub”) inson tafakkurini rivojlantirishda nafaqat nazariy bilim, tajriba va koʻnikmalarni shakllantirish, balki mashq qilish orqali xotirani charxlash, ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish, qiroat va hokazo ham beqiyos ahamiyat kasb etishini uqtirganlar.

 

Mustaqillik davrida barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida taʼlim tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar erkin fikrga ega boʻlgan komil insonlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Bugungi kun tafakkuri daʼvatlariga, har qaysi xalqning tilida va dilida boʻlgan koʻpdan-koʻp savollarga toʻlaqonli javob berish, zamonning asosiy xususiyatlari, bashariyatning rivojlanish tamoyillarini oʻzida yaqqol aks ettirishi, eng ustuvor tendensiyalarni har tomonlama yoritishi, tahlil qila bilishi zarur. Bu esa eski tuzum asorati boʻlmish bir yoqlama tafakkurni toʻliq bartaraf etish, ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivojini yangi bosqichga olib chiqishni talab etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 220
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 250
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 261
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 309
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224677
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107665
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54991
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 39880
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39701
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31035
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30483
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29886
Alpomish

//